“Hamma joyda ishlay olish” — hozirda bu ibora nafaqat noziklik yoki nomzodga qo‘yiladigan shart, balki xodimning eng qimmatli ko‘nikmasiga aylangan. Zamonaviy hayot tezligida va doimiy ravishda o‘zgarib turadigan ma’lumotlar olamida doimo hammasidan xabardor bo‘lish va o‘z vaqtida yangi sharoitlarga moslasha olish muhimdir. Va tez moslashishda muhim biznes vositasi esa bu har doim o‘zgarishlarga tayyor bo‘la oladigan ishonchli noutbukdir.

dell vostro, реклама

Dell butun dunyo bo‘ylab biznesmen foydalanuvchilar orasida haqiqiy bestsellerga aylangan Vostro noutbuklar seriyasini taqdim etdi. Ushbu seriyadagi noutbuklar har qanday vazifa uchun keng konfiguratsiyalarga, shaxsiy ma’lumotlarning yuqori xavfsizligi va boshqa ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘lgani uchun biznes vakillari e’tiborini qozongan.

Ushbu materialda nega bu turdagi noutbuklarning juda mashhur ekanligi va Dell Vostro 3515 misolida ishbilarmonlar uchun Dell qanday afzalliklarni taklif qilishini ko‘rib chiqamiz.

dell vostro, реклама

Uchrashuvlar va bayramlar uchun ham qulay — universal dizayn

Har doim ust-boshga qarab kutib olishadi — ayniqsa biznes vakillari buni juda yaxshi tushunishadi. Ish uchrashuvlari haqidagi taassurot birinchi vizual aloqa bosqichida shakllanadi: suhbatdoshning ko‘rinishi qanchalik yaxshi, u ayni paytda o‘zini qanday tutmoqda va vazifalarni muhokama qilishga qanchalik tez kirisha oladi. Va bu xususiyat belgilari nafaqat odamning o‘zida, balki uning yordamchisi, ya’ni noutbukida ham ko‘zga tashlanishi kerak.

dell vostro, реклама

Dell Vostro seriyasi to‘liq korporativ segmentga mo‘ljallangan bo‘lib, bu ularning har qanday muzokaralarda foydalanuvchiga muvaffaqiyatli hamroh bo‘lishga qaratilganligini ko‘rsatadi. Vostro shunchaki noutbuk emas, u insonning turmush tarzini aks ettiradi. Bu har doim korpusning nafis chiziqlari, yaxshi tanlangan ranglar va logotipning nozik joylashuvi demakdir. Bu hech kimni befarq qoldirmaydigan nafislik va ishonchlilikning timsolidir.

Dell Vostro noutbuklarining asosiy dizayn elementlaridan biri bu ularning nozik korpusidir. Seriyadagi noutbuklarning ba’zi modellarida u bardoshli va yengil alyuminiydan tayyorlangan bo‘lib, u vizual ravishda noutbuklarga qurilmaning ishonchliligi hissini beradi. Bunga qo‘shimcha ravishda, ushbu seriyadagi qurilmalar barmoq izlari qoldirmaydigan va tozalash oson bo‘lgan jilosiz yuzaga ega.

dell vostro, реклама

Vostro dizaynerlari biznes vakillarining barcha ehtiyojlarini o‘rganib chiqishgan. Shuning uchun Dell Vostro`ning barcha modellari har qanday tadbir — xoh ofisdagi muzokaralar, xoh tantanali tadbirdagi norasmiy uchrashuv bo‘lsin, barchasi uchun juda mos keladi.

Istalgan joyda, istalgan vaqtda ishlang — foydalanishdagi qulayliklar

Doimiy ravishda ofisda bo‘lish zarurati ancha vaqtdan beri pasayib bormoqda. Biznes vakillari yo‘lda, shaharning turli chekkasida va hatto boshqa davlatda ham masofadan turib jamoa bilan samarali muloqot qilishni o‘rganishdi. Va bunday vaziyatlarda ishlashni yaxshilash uchun stolda ham, tizzada ushlagan holda ham birdek qulay bo‘ladigan noutbukga ega bo‘lish muhimdir.

dell vostro, реклама

Dell odamlarga qayerda bo‘lishidan va nima qilish kerakligidan qat’i nazar, o‘z maqsadlariga erishishga yordam beradigan mahsulotlarni yaratadi. Shuning uchun Vostro seriyasida hamma narsa eng mayda detallarigacha hisobga olingan. Masalan, 3515 modelida raqamli sensorli blokga ega katta tachpad, namlikdan himoyalangan klaviatura va kattalashtirilgan tugmachalar mavjud bo‘lib, bu noutbukni ergonomik va foydalanishda yoqimli qiladi.

Bundan tashqari, Dell muhandislari modelga o‘ziga xos xususiyatni — noutbukning biroz ko‘tarilishiga va havo chiqishi uchun ko‘proq joy ochishga imkon beruvchi ko‘tarma oshiq-moshiqni o‘ylab topishdi. Demak, istalgan Vostro foydalanuvchisi isib ketish va shunga o‘xshash noqulaylikka duch kelmaydi — bu orqali salqinlik ta’minlab turiladi. Bundan tashqari, ko‘tarma oshiq-moshiq klaviaturaning qiyaligini o‘zgartiradi, noutbukda qulayroq ishlash uchun uni biroz ko‘taradi. Bu orqali, foydalanuvchining qo‘llari qulay holatda bo‘ladi — bu esa harflar terishni osonlashtiradi.

dell vostro, реклама

Biroq, biznes noutbuklarining yuqori qulayligi nafaqat uning yoqimli o‘zgaruvchanligidadir. Ishlab chiqaruvchi ikkita muhim narsaga: foydalanuvchining vazifalarga e’tibor qarata olishi va uzoq ishlay olishiga e’tibor qaratgan. Demak, Dell Vostro 3515 tor uch tomonlama hoshiyali 15,6 dyuymli IPS ekranga ega bo‘lib, u tasvirlangan kontentga ko‘proq sho‘ng‘ishni ta’minlaydi va diqqatni joriy vazifalarga qaratishga yordam beradi. Va noutbukda Dell ComfortView texnologiyasi mavjud bo‘lib, u ko‘k yorug‘lik yoyilishini kamaytiradi va noutbukda uzoq vaqt ishlagandan keyin ham ko‘zlarning charchashiga yo‘l qo‘ymaydi.

Har doim cho‘qqida — top darajadagi konfiguratsiya

Biznes uchun noutbuklar har doim ishonchlilik va barqarorlik belgisi hisoblanadi. Axir, har bir daqiqa muhim hisoblangan biznes vazifalari qanchalik tez hal qilinishi aynan unga bog‘liq. Va hech narsa bunday sifatlarni bu seriyadagi noutbuklarning kuchli konfiguratsiyasi kabi kafolatlay olmaydi.

dell vostro, реклама

Dell Vostro — bu sizga vazifalarni samarali rejalashtirish, barcha kerakli ma’lumotlarga kirish va biznes vazifalarni tezda bajarish imkonini beruvchi noutbuklar seriyasidir. Ishlab chiqaruvchi modellarni o‘zining narx segmentida eng yuqori konfiguratsiya bilan jihozlaydi, bu esa foydalanuvchiga o‘z talablari asosida eng yaxshi variantni tanlashiga va sotib olishiga yordam beradi.

Demak, Vostro 3515`da yuqori ish sifatini ta’minlaydigan AMD bazasidagi — Ryzen 7 protsessori, AMD Radeon grafik kartasi, yuqori tezlikdagi 512 GB SSD va 16 GB DDR4 operativ xotirasi o‘rnatilgan. Bu tarmoqda qulay serfing qilish, katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash, hujjatlarni saqlash va hatto grafik dasturlarda kontent yaratish uchun yetarli.

dell vostro, реклама

Bundan tashqari, Vostro 3515 har doim ishga tayyor, u sizni muhim uchrashuvlarda, shoshilinch vazifalarda va uzoq safarda qo‘llab-quvvatlaydi. Modelning akkumulyator sig‘imi 54 Vt ni tashkil etadi, bu esa noutbukda kun davomida uzluksiz ishlashni ta’minlaydi. Va agar sizda noutbukda ishlashni talab qiladigan kutilmagan vazifa paydo bo‘lib qolsa, ExpressCharge texnologiyasi tufayli Vostro 3515 atigi bir soat ichida 0% dan 80% gacha quvvatlana oladi.

Hammasi samarali ish uchun — ko‘plab ulagichlar va smartfon bilan ulanish

Hozirgi vaqtda vaziyatlarga moslashish qobiliyati biznes uchun mo‘ljallangan zamonaviy noutbuklarning eng muhim qobiliyatlaridan biridir. Axir, foydalanuvchining vazifalari har soatda o‘zgarishi mumkin: hozir — kundalik ishlar, birozdan keyin — mijozlar uchun kompaniya mahsulotlari haqida taqdimot qilish, kechqurun — chalg‘ish mumkin bo‘lmagan hisobotlarni tuzish vazifasi.

dell vostro, реклама

Dell Vostro bilan birga uning egasi har doim bir qadam oldinda bo‘ladi, har qanday vazifani osongina yengadi va doimo aloqada bo‘ladi. Ushbu seriyadagi noutbuklarida har qanday vaziyatda iloji boricha samarali ishlash uchun hamma narsa mavjud:

  1. Turli xil qurilmalarni ulash uchun ko‘p sonli portlar va ulagichlar. Vostro 3515`da 2 ta USB 3.2 porti, 1 ta USB 2.0 porti, 1 audio porti, 1 ta HDMI porti mavjud. Bu sizga ko‘p sonli grafik dasturlar bilan ishlash, katta ekranda filmlarni tomosha qilish, sichqoncha, naushniklar va boshqa shakldagi qo‘shimcha tashqi qurilmalarni ulash imkonini beradi.
  2. Telefondan noutbuk bilan ishlash uchun qo‘shimcha ekran sifatida foydalanish imkoniyati. To‘g‘ridan-to‘g‘ri noutbuk orqali osongina qo‘ng‘iroq qilish, xabarlar yuborish va bildirishnomalarni qabul qilib olish mumkin. Ish ko‘p sonli hujjatlarni o‘z ichiga olgan va ular orasida tezda almashish uchun qo‘shimcha ekran kerak bo‘lgan taqdirda, bu juda qulay.
  3. Kabelsiz kompyuter va mobil qurilma o‘rtasida fayllarni muammosiz uzatish texnologiyasi ma’lumot va hujjatlarni tezda almashish imkonini beradi.
  4. Ilovalar va dasturlar bilan ishlash qulayligi uchun smartfon ekranini, xoh u iOS, xoh Android bo‘lsin, kompyuterda aks ettirish. Bu kontent yaratishda: smartfondagi tanish ilovada video tahrirlash va fotosuratlarga ishlov berishda qulaydir.
  5. Dell Mobile Connect xavfsiz ulanish texnologiyasi — qurilmalar o‘rtasida uzatiladigan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlaydi.

dell vostro, реклама

Xavfsizlik ustuvor vazifa — ma’lumotlarni buzib kirishdan himoya qilish

Kuchli raqobat muhitida maxfiy ma’lumotlarni himoyalash har qanday kompaniya uchun ustuvor vazifa hisoblanadi. Ma’lumotlarning yo‘qolishi jiddiy moliyaviy yo‘qotishlarga va rivojlanish strategiyasiga zarar yetkazishi mumkin. Shu sababli, biznes noutbuklarini ishlab chiqaruvchi Dell kompaniyasi o‘z qurilmalaridagi maxfiy ma’lumotlarni himoya qilishga alohida e’tibor qaratadi.

dell vostro, реклама

Dell Vostro seriyasi korporativ foydalanish uchun mo‘ljallangan noutbuklarning yorqin vakillari sifatida o‘rnatilgan xavfsizlik texnologiyasiga ega. Ulardan biri foydalanuvchi autentifikatsiyasini va parolni himoya qilishni ta’minlaydigan Windows Hello barmoq izlari skaneridir.

dell vostro, реклама

Noutbuk, shuningdek, maxfiy ma’lumotlar xavfsizligini kafolatlaydigan TPM 2.0 kriptoprotsessoridan foydalanadi. Uning asosiy vazifasi shifrlash uchun parollar va asosiy ma’lumotlarni yaratish va saqlashdir. Demak, foydalanuvchilar o‘z ma’lumotlarining ruxsatsiz kirishlardan himoyalanganligiga ishonch hosil qilishlari mumkin.

Har qanday budjet va vazifalar uchun mos — kerakli konfiguratsiyalarning katta tanlovi

Dell noutbuklarni aniq vazifalar uchun tanlash muhimligini tushunadi, shuning uchun Vostro seriyasiga turli xil konfiguratsiyaga ega 40 ga yaqin modellar kiradi. Demak, Vostro uchta seriya bilan ifodalanadi:

  1. Vostro 3000 — asosiy unumdorlik xususiyatlariga ega bo‘lgan boshlang‘ich darajadagi noutbuklar toifasidir. Ular barqaror ishlash uchun mo‘ljallangan va kundalik vazifalar uchun standart xususiyatlarga ehtiyoji bo‘lganlar uchun to‘g‘ri keladi.
  2. Vostro 5000 — bu doimiy harakatda bo‘ladigan odamlar uchun ideal mobil noutbuklar toifasidir. Ular yengil va ixcham bo‘lib, bu xususiyat ularni sayohat va ish safarlari uchun qulay qiladi.
  3. Vostro 7000 — biznes mutaxassislari uchun yuqori unumdorlikdagi noutbuklar toifasidir. Ular yuqori quvvatga ega va ma’lumotlarni yuqori darajada himoya qiladi, bu ularni kerakli ilovalar va dasturlar bilan ishlash uchun qulay qiladi.

dell vostro, реклама

Dell Vostro noutbuklaridan yana kimlar foydalanishi mumkin?

Talabalar va o‘quvchilar. Dell Vostro noutbuklari ta’lim uchun foydali bo‘lishi mumkin, chunki ular vazifalarni bajarish, jumladan, hujjatlar bilan ishlash, uy vazifalarini bajarish, videolar tomosha qilish uchun yetarli quvvatni ta’minlay oladi.

dell vostro, реклама

Sayohatchilar va tez-tez ish safarlariga boradigan insonlar. Vostro assortimenti yuqori portativlik va foydalanish qulayligini ta’minlaydi, bu ularni tez-tez harakatda bo‘ladigan insonlar uchun yaxshi tanlovga aylantiradi.

Vostro seriyali noutbuklarini O‘zbekistondagi elektronika do‘konlarida xarid qilish mumkin, shuningdek, ularga ro‘yxatdan o‘tkazilgan hamkor — age.uz orqali ham buyurtma berish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.