Toshkent−Buxoro−Toshkent yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdlari 5−6-iyun kunlari Buxorogacha emas, balki Navoiygacha harakatlanadi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar qildi.

Qayd etilishicha, Qiziltepa−Malikobod temir yo‘l peregoni temir yo‘l izlarini modernizatsiya qilish maqsadida 2023-yilning 5 va 6-iyun kunlari Toshkent−Buxoro−Toshkent yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdlar harakati jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi va yo‘lovchi poyezdlar Navoiy bekatiga qadar harakatlanadi. Harakat quyidagicha tashkil etiladi.

5-iyun kuni 12-sonli Toshkent−Buxoro yo‘nalishi:

  • Toshkent 18:57 — Navoiy 22:45.

6-iyun kuni 11-sonli Buxoro−Toshkent yo‘nalishi:

  • Navoiy 6:44 — Toshkent 12:50.

6-iyun kuni 762-sonli Toshkent−Buxoro yo‘nalishi:

  • Toshkent 7:28 — Navoiy 10:34.

6-iyun kuni 770-sonli Toshkent−Buxoro yo‘nalishi:

  • Toshkent 8:59 — Navoiy 12:05.

6-iyun kuni 769-sonli Buxoro−Toshkent yo‘nalishi:

  • Navoiy 16:07 — Toshkent 19:17.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.