Golden House — O‘zbekiston bozorida 14 yillik tajribaga ega qurilish kompaniyasi. O‘tgan yillar davomida kompaniya 30 dan ortiq loyihalarni amalga oshirdi va development bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘ldi, bu esa ko‘chmas mulk bozorida yetakchi o‘rinlardan birini egallash imkonini berdi. Bugungi kunda kompaniya bozorning barcha segmentlarida — shinam uylar, biznes va premium toifalarda qurilishlarni amalga oshirib, butun development siklini amalga oshirmoqda.

golden house, реклама

Eko-development nima?

Zamonaviy eko-development, birinchi navbatda, turar-joy binolarini loyihalash va qurish, atrof-muhitga minimal ta’sir ko‘rsatishga qo‘yiladigan yuqori talablardir. Bu yangi loyiha uchun yer uchastkasi va maydon tanlashga alohida yondashuv. Golden House`ning deyarli barcha loyihalari sobiq sanoat korxonalari hududlarida qurilmoqda, shu bilan kompaniya hudud qiyofasini sezilarli darajada yaxshilaydi va o‘zgartiradi, yangi funksiyalar va joylashuvga eko-landshaft qo‘shadi.

“Biz energiya, issiqlik va boshqa resurslarni tejaydigan, atrof-muhitga ta’sirini kamaytiradigan va hayot sifatini yaxshilaydigan texnologiyalardan foydalanamiz. Loyihalarimizda quyosh panellari hovlilarni, uylarning kirish qismlarini va yer osti avtoturargohlarini yoritish uchun ishlatiladi, biz yoritish tizimini avtomatik ravishda yoqish va o‘chirish uchun yorug‘lik datchiklari, suvni tozalash filtrlari va boshqa ko‘p narsalarni o‘rnatamiz”, — deb o‘rtoqlashdi Aleksey Boldin.

Eko-development bugungi kunda nafaqat energiya samaradorligi, balki kelajakdagi aholi salomatligi va xavfsizligiga ham e’tibor berish demakdir. Aholining salomatligini asrash maqsadida kompaniyaga qarashli turar-joy majmualari hovlilarida turli yoshdagi bolalar uchun professional fitnes majmualari, sport maydonchalari, o‘yin maydonchalari bilan ta’minlanadi, bu esa ochiq havoda sport bilan shug‘ullanish orqali sog‘lom bo‘lishga va immunitetni mustahkamlashga yordam beradi.

Nima uchun Golden House eko-development yo‘nalishini yo‘lga qo‘yishga qaror qildi?

Poytaxt ham jahonning boshqa megapolislari singari faol rivojlanib, o‘sib bormoqda. O‘sishning ijobiy omillaridan tashqari, avtomobillar sonining ko‘payishi, tirbandliklar, ekologik vaziyatning yomonlashuvi kabi salbiy omillar ham mavjud.

“Ijtimoiy mas’uliyatga ega kompaniya sifatida biz chetda qarab tura olmaymiz va jamoatchilik talablariga javob berishga majburmiz. Joriy yil boshida biz kompaniyamizning mahsulot strategiyasiga o‘zgartirishlar kiritdik, dizayn va qurilishga yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqdik”, — dedi Golden House bosh direktori.

Endi har bir loyiha ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va hurmat prizmasi orqali ko‘rib chiqiladi. Golden House jamoasi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish sohasidagi mutaxassislarni ushbu vazifaga jalb etgan holda obodonlashtirish loyihalari hajmini ataylab oshirmoqda. Korxonada energiya, suvni tejash, chiqindilarni alohida yig‘ish, yangi ko‘chatlar ekish madaniyatini singdirish orqali ham odamlarning ongini o‘zgartirishga harakat qilinmoqda.

golden house, реклама

Eko-kvartal nima va uning mohiyati nimadan iborat?

Assalom Jomiy eko-kvartali — jahon ekologik standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan va loyihalashtirilgan birinchi Golden House loyihasidir. U Olmazor tumanidagi sobiq Agregat zavodi hududida, avval ishlab chiqarish sexlari joylashgan “Jomiy” aylanasida barpo etilmoqda. Tez orada ushbu maydonda yangi turar-joy majmuasi paydo bo‘ladi — xavfsiz va yoqimli hayot kechirish mumkin bo‘lgan uylar, tabiat bilan uyg‘unlikda bo‘lish uchun sharoitlar yaratiladi.

Golden House kompaniyasi professional landshaft dizaynerlari tomonidan ishlab chiqilgan energiya tejash, ovoz o‘tkazmaydigan, suvni tozalash, avtomatik sug‘orish tizimlari, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish bo‘yicha o‘z standartlari uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanadi. Bundan tashqari, kompaniya umumiy foydalanish joylarini qurish va bezash uchun ekologik toza materiallardan foydalanadi. Bu tabiat bilan uyg‘unlikda bo‘lgan sog‘lom shahar hayotiga yangicha qarashdir.

“Obodonlashtirish bo‘yicha o‘z ekostandartimizni ishlab chiqdik va joriy qildik, u mevali daraxtlarga ega yashil hovli, bog‘ va maysazorlar, soyali dam olish maskanlari, ichimlik suvi oqib turadigan favvoralari, havoni tabiiy namlantirish tizimlarini o‘z ichiga oladi. Hovlilarga biz qushlarga ozuqa beradigan nuqtalar, mushuklar uchun uylar o‘rnatamiz. Ishonchim komilki, loyihamiz toshkentliklar va shahar mehmonlariga manzur bo‘ladi”, — dedi Aleksey.

Golden House eko-tizimni qanday qo‘llab-quvvatlaydi?

Kompaniyaning ustuvor yo‘nalishi turar-joy majmualari aholisiga ekologik ta’lim berish bo‘ladi.

Golden House eko-tadbirlarni o‘tkazish orqali aholi madaniyatini oshirishga qaratilgan. Kompaniya aholi bilan birgalikda daraxt ekadi, turar-joy majmualari hududini tozalaydi va shu yo‘l bilan bir-biriga yordam beradi.

Developer hamkorlikda ishlash uchun mutaxassislar, ekologlar va jamoat arboblarini ham jalb qiladi.

“Biz zamonaviy, puxta o‘ylangan, hayot sifati yuqori bo‘lgan loyihalarni qurmoqdamiz. Albatta, sifat va texnologiya muayyan xarajatlarni talab qiladi. Lekin men bunga boshqa tomondan qaragan bo‘lardim. Ko‘pchilik uchun yangi uy sotib olish hayotdagi eng muhim voqealardan biridir. Mijozlarimiz ko‘p yillik maqsadlarga ko‘ra kvartira sotib oladi va loyihaning sifati, uning mazmuni tanlashda asosiy omil hisoblanadi. Ishonchim komilki, biz o‘z mijozlarimizga pul uchun eng yaxshi qiymatga ega bo‘lgan loyihalarni taklif qila olamiz”, — dedi bosh direktor.

Kompaniya ushbu yo‘nalishda yana qanday loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda?

Yaqinda Golden House ikkinchi yirik loyiha — Assalom Bog’lar eko-kvartalini ishga tushirdi. Mirzo Ulug‘bek tumanida, Botanika bog‘idan piyoda borsa bo‘ladigan masofada joylashgan.

“Majmuaning har bir hovlisida mevali bog‘lar bo‘lishi asosiy g‘oya bo‘lgani shunday nom berdik. Yaratilgan ekologik muhitning barqarorligini maksimal darajada oshirish maqsadida mahalliy mutaxassislarni jalb qilgan holda bog‘lar barpo etamiz”, — dedi Aleksey Boldin.

Hudud funksional rayonlashtirish tamoyiliga muvofiq obodonlashtirilgan. Shinam hovlida faol dam olish uchun o‘yin maydonchalari, sayr qilish va sokin dam olish, sport bilan shug‘ullanish va bolalar bilan o‘ynashlar uchun joylar mavjud. Bu eko-kvartal aholisining hordiq chiqarishi va qulay sharoitda yashashi uchun turli imkoniyatlarni ochadi.

Yaqin kelajakda Golden House beshga yaqin yangi loyihalarni ishga tushirishni rejalashtirmoqda, ular allaqachon kompaniyaning eko-standartlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilmoqda.

Infinity savdo ofisi: Yashnobod tumani, Istiqbol ko‘chasi 45−1.

Call-markaz: (+998) 78−113−03−85.

Reklama huquqlari asosida.