O‘zbekiston Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati dushanba kuni 2022-yil 1−2-iyul kunlari Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan jinoyat ishi bo‘yicha 16 nafar mahkum nomidan berilgan apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha qaror chiqardi. Shu bilan birga, shartli hukm qilingan 4 nafar shaxsga nisbatan prokuratura protesti ko‘rib chiqildi.

“Gazeta.uz” muxbirining xabar berishicha, 8 nafar ayblanuvchiga nisbatan jazo qamoq jazosidan ozodlikni cheklashga o‘zgartirildi, ular sud zalida ozod qilindi.

  1. Baxtiyar Kadirbergenovga tayinlangan 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5 yil ozodlikni cheklash jazosiga;
  2. Bayram Seytniyazovga tayinlangan 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 4 yil ozodlikni cheklash jazosiga;
  3. Saidabulla Medetovga tayinlangan 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5 yil ozodlikni cheklash jazosiga;
  4. Kaxarman Seytimovga tayinlangan 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5 yil ozodlikni cheklash jazosiga;
  5. Polat Nurniyazovga tayinlangan 4 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 4 yil ozodlikni cheklash jazosiga;
  6. Saiipnazar Kalimovga tayinlangan 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5 yil ozodlikni cheklash jazosiga;
  7. Nurlan Sultamuratovga tayinlangan 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 3 yil ozodlikni cheklash jazosiga;
  8. Arsilanbek Temirxanovga tayinlangan 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5 yil ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirildi.

Ozodlik shartlarida ular tungi vaqtda uydan chiqmasliklari, ommaviy tadbirlarda qatnashmasliklari va probatsiya organiga muntazam ravishda hisobot berishlari shart.

Sud quyidagi ayblanuvchilarning jazoni yengillashtirish haqidagi iltimosnomalarini qisman qanoatlantirdi:

  1. Dauletmurat Djiyemuratovga tayinlangan 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 6 yil;
  2. Allabay Tokimbetovga tayinlangan 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5 yil 6 oy;
  3. Amirbek Adilbekovga tayinlangan 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5 yil;
  4. Nurlan Nayipovga tayinlangan 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 4 yil;
  5. Razbek Bekmuratovga tayinlangan 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 6 yil;
  6. Sultanbek Kaipovga tayinlangan 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga keltirildi.

Asosiy ayblanuvchi Dauletmurat Tajimuratovga nisbatan hukm o‘zgarishsiz qoldirildi, sud uning arizasini qanoatlantirmasdan qoldirishga qaror qildi — 16 yilga ozodlikdan mahrum qilish.

”даулетмурат

Yanvar oyidagi hukm e’lon qilinganidan ko‘p o‘tmay hibsda vafot etgan Polat Shamshetovga nisbatan sud uning huquqlarini tiklash va mulkini merosxo‘rlariga qaytarish to‘g‘risida qaror chiqardi.

Ozodlikni cheklashni qamoq jazosi bilan almashtirishni talab qilgan Lolagul Kallixonova, Azamat Turdanov, Axmet Smetullayev va Azamat Nuratdinovlarga nisbatan prokuratura protesti sud tomonidan qanoatlantirilmadi. Ularning jazosi o‘zgarishsiz qoldirildi.

Shuningdek, sud jinoyat ishi bo‘yicha keltirilgan zararlarni qoplash maqsadida xatlangan A.Turdanov, A.Smetullayev, N.Nayipov, R. Bekmuratov, S.Kaipov, K.Seytimov, A.Adilbekovga tegishli mol-mulklar xatlovdan chiqarilib, egalariga qaytarilishini belgilandi.

Hukmning qolgan qismi o‘zgarishsiz qoldirildi.

“Gazeta.uz” apellyatsiya sudi qarori e’lonini jonli efirda namoyish etdi.