Dunyoning o‘nlab shaharlarida Rossiyaning Vladimir viloyatidagi koloniyalardan birida qamoq jazosini o‘tayotgan rossiyalik muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlash uchun namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Global aksiya Navalniyning tug‘ilgan kuni — 4-iyunga to‘g‘ri keldi. U 47 yoshda.

Navalniy jamoasining bildirishicha, namoyishlar AQSh, Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Fransiya, Britaniya, Ispaniya, Gruziya va boshqa shaharlarda bo‘lib o‘tgan.

Rossiyada siyosatchining tarafdorlari asosan yakka piketlarda o‘tkazgan. “OVD-Info” inson huquqlari loyihasiga ko‘ra, politsiya ushbu aksiyalarda 100 dan ortiq odamni hibsga olgan. Ularning eng ko‘pi Moskva va Sankt-Peterburgda.

O‘sha kuni Navalniyning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida uning nomidan xabar e’lon qilindi, unda siyosatchi xayrixohlar va qo‘llab-quvvatlovchilarga minnatdorlik bildirdi. “Bu vaziyatimda men og‘ir yuk va bo‘yinturuqni emas, balki bajarilishi lozim bo‘lgan vazifani ko‘ryapman. Har bir ishning o‘z yoqimsiz qismi bor, shunday emasmi? Shunday qilib, hozir sevimli ishimning yoqimsiz davri”, — deb yozdi u.

Aleksey Navalniy 2021-yilning yanvaridan beri, “Novichok”dan zaharlanib, Rossiyaga qaytganidan beri qamoqda qolmoqda. U katta miqdordagi firibgarlik va sudni haqoratlashda ayblanib, 9 yilga og‘ir rejimdagi koloniyaga hukm qilingan. oktabr oyi oxirida siyosatchiga qarshi ekstremizm bo‘yicha yangi jinoiy ish ochilgan.