“Bu dahshatli zo‘ravonlik harakatini keskin qoralaymiz” — O‘zbekiston TIV G‘azodagi kasalxonaga berilgan zarba haqida
18 oktabr 2023, 11:49

“Bu dahshatli zo‘ravonlik harakatini keskin qoralaymiz” — O‘zbekiston TIV G‘azodagi kasalxonaga berilgan zarba haqida

18-oktabrga o‘tar kechasi G‘azo sektoridagi “Al-Ahli” kasalxonasiga zarba berilishi oqibatida yuzlab odamlar halok bo‘ldi. O‘zbekiston TIV buni “dahshatli zo‘ravonlik” deb atadi. “Buni xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol buzilishi deb hisoblaymiz”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Andijonda paxta xirmonida yong‘in sodir bo‘ldi. Vazirlik yong‘inda 12 kg paxta yonganini aytmoqda
18 oktabr 2023, 11:48

Andijonda paxta xirmonida yong‘in sodir bo‘ldi. Vazirlik yong‘inda 12 kg paxta yonganini aytmoqda

Baliqchi tumanida paxta qabul qilish maskanidagi xirmonda yong‘in sodir bo‘ldi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi yong‘inda 12 kg paxta yonganini aytmoqda. Lekin voqea aks etgan videoda bir xirmon to‘liq yonib, yong‘in ikkinchi xirmonga ham o‘tganini ko‘rish mumkin.

AQSh YeIdan O‘zbekiston fuqarolaridan tranzit vizalarini talab qilishni so‘radi
18 oktabr 2023, 11:43

AQSh YeIdan O‘zbekiston fuqarolaridan tranzit vizalarini talab qilishni so‘radi

Bloomberg xabar qilishicha AQSh prezidenti administratsiyasi Yevropa Ittifoqidan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolaridan tranzit vizalarini talab qilishni so‘radi. Bunga bir guruh muhojirlar “ISHID”ga aloqador shaxslar yordamida AQShga kirib kelgani voqeasi sabab bo‘lgan.

UzAuto Motors sotuvda bo‘lmagan Lacetti, Damas, Labo va Cobalt narxlarini oshirdi
18 oktabr 2023, 10:02

UzAuto Motors sotuvda bo‘lmagan Lacetti, Damas, Labo va Cobalt narxlarini oshirdi

UzAuto Motors kompaniyasi ommabop avtomobillar bo‘lgan Lacetti, Damas, Labo va Cobalt narxlarini oshirgani ma’lum bo‘ldi. Biroq kompaniya bu haqida rasmiy ma’lumot bermagan.

WSJ: Ukraina ilk bor ATACMS raketalaridan Rossiya pozitsiyalariga zarba berdi
17 oktabr 2023, 20:51

WSJ: Ukraina ilk bor ATACMS raketalaridan Rossiya pozitsiyalariga zarba berdi

Ukraina harbiylari ilk bor AQSh tomonidan taqdim etilgan ATACMS raketalarini Rossiya qo‘shinlari pozitsiyalariga qarshi qo‘lladi, deb yozmoqda Wall Street Journal. Raketalarning kichik partiyasi yaqinda yashirincha Ukrainaga yetkazilgan edi.

Qirg‘iziston xorijliklar uchun “vizaran” tizimini bekor qildi
17 oktabr 2023, 19:44

Qirg‘iziston xorijliklar uchun “vizaran” tizimini bekor qildi

Qirg‘iziston xorijliklarning vizasiz qolish shartlarini kuchaytirib, “vizaran” tizimini bekor qildi. Ushbu qarordan maqsad mamlakatda “migratsiya oqimlarini samarali boshqarish”ni yo‘lga qo‘yish va xavfsizlik darajasini yaxshilashdan iborat ekani ma’lum qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni O‘zbekistonga kelishga taklif etdi
17 oktabr 2023, 18:15

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni O‘zbekistonga kelishga taklif etdi

O‘zbekiston prezidenti XXR raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazdi. Unda Toshkentda Sinxua va Pekin universitetlari filiallarini ochish taklifi bildirildi. Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.

Toshkentda tutqunlikda burgut saqlagan shaxslar 4,95 mln so‘m jarimaga tortildi
17 oktabr 2023, 17:33

Toshkentda tutqunlikda burgut saqlagan shaxslar 4,95 mln so‘m jarimaga tortildi

Toshkent shahridagi “Yo‘lovchi poyezdlarini ta’mirlash” hududida 1 dona cho‘l burgutini tutqunlikda saqlagan shaxslar aniqlandi. Ularga nisbatan 4 950 000 so‘m jarima qo‘llanildi.

Humo bilan terminallar orqali to‘lov qilishda muammolar kuzatilmoqda
17 oktabr 2023, 15:57

Humo bilan terminallar orqali to‘lov qilishda muammolar kuzatilmoqda

Humo terminallar orqali to‘lovlarni amalga oshirishda qiyinchiliklar kuzatilayotganini tasdiqladi. Humo mobil ilovasi va bankomatlari odatdagi rejimda ishlamoqda.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga rahbar tayinlandi
17 oktabr 2023, 15:08

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga rahbar tayinlandi

Shamsiddin Soxibnazarov Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari bo‘ldi.

Xitoyning Amer International kompaniyasi O‘zbekistonda mintaqaviy ofisini ochmoqchi
17 oktabr 2023, 14:50

Xitoyning Amer International kompaniyasi O‘zbekistonda mintaqaviy ofisini ochmoqchi

Xitoyning Amer International industrial-sanoat xoldingi O‘zbekistonda mintaqaviy ofisini ochishi mumkin. Shavkat Mirziyoyev kompaniya raisi bilan uchrashuvda misni qayta ishlash, elektrotexnika, elektromobillar uchun akkumulyator batareyalari va yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi.

Yaponiya Farg‘ona viloyatidagi bog‘chaga mebel va jihozlar yetkazib berdi
17 oktabr 2023, 12:46

Yaponiya Farg‘ona viloyatidagi bog‘chaga mebel va jihozlar yetkazib berdi

Yaponiya elchixonasi tomonidan Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi 35-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalar va oshxona mebellari hamda darslar uchun audiovizual jihozlar sovg‘a qilindi.

Toshkentda Milliy gvardiya xodimi o‘zini otib qo‘ydi
17 oktabr 2023, 12:36

Toshkentda Milliy gvardiya xodimi o‘zini otib qo‘ydi

Toshkent shahrida 17-oktabr kuni Milliy gvardiya xodimi o‘zini o‘zi otib qo‘ydi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi.

Isroil — Falastin urushining 11-kuni. Asosiy yangiliklar
17 oktabr 2023, 12:32

Isroil — Falastin urushining 11-kuni. Asosiy yangiliklar

HAMAS ilk marta garovga olinganlardan birining videosini e’lon qildi, Eron diplomati Isroil bombardimon qilishni to‘xtatsa, HAMAS G‘azoda garovga olinganlarni ozod qilishga tayyorligini aytdi. AQSh va Isroil G‘azoga gumanitar yordam yetkazish rejasini tayyorlashga kelishib oldi.

Futbol: O‘zbekiston Xitoyni yutdi
17 oktabr 2023, 11:43

Futbol: O‘zbekiston Xitoyni yutdi

O‘zbekiston futbolchilari o‘rtoqlik uchrashuvida Xitoy terma jamoasini mag‘lub etdi. Bu terma jamoaning 3 yil ichida ilk safardagi g‘alabasi (video, foto, statistika).

Samarqanddagi YTHda 3 kishi halok bo‘ldi
17 oktabr 2023, 11:28

Samarqanddagi YTHda 3 kishi halok bo‘ldi

Samarqandda 17 yoshli haydovchi Nexia avtomobilida YTH sodir etdi, oqibatda o‘zi va ikki do‘sti halok bo‘ldi. Mashina beton to‘siqqa urilgach, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan va yong‘in yuz bergan.

Uzbekistan Airways pensiya yoshidagi fuqarolarga ichki aviaqatnovlar uchun chegirma e’lon qildi
17 oktabr 2023, 11:09

Uzbekistan Airways pensiya yoshidagi fuqarolarga ichki aviaqatnovlar uchun chegirma e’lon qildi

Uzbekistan Airways turizm oyligi munosabati bilan 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan katta ayollarga ichki aviaqatnovlar uchun 25 foizli chegirma e’lon qildi. Chegirma 1-noyabrdan 30-noyabrga qadar amal qiladi.

Andijon viloyatida 12 mln dollarlik yopiq muz kurorti qurilishi rejalashtirilmoqda
17 oktabr 2023, 10:54

Andijon viloyatida 12 mln dollarlik yopiq muz kurorti qurilishi rejalashtirilmoqda

Andijon viloyati hokimligi va xitoylik investorlar o‘rtasida Xonobodda 12 mln dollarlik yil davomida ishlaydigan yopiq muz kurortini qurish loyihasi muhokama qilindi.

DXX: Soliq va Davlat mehnat nazorati inspeksiyalari xodimlari pora olayotganda ushlandi
17 oktabr 2023, 10:39

DXX: Soliq va Davlat mehnat nazorati inspeksiyalari xodimlari pora olayotganda ushlandi

Toshkent viloyatida Soliq inspeksiyasi, Qoraqalpog‘istonda esa Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi xodimlarini pora olayotganda qo‘lga olingani aytilmoqda.

AQSh Xitoyga sun’iy intellekt chiplarini yetkazib berish ustidan nazoratni kuchaytiradi
17 oktabr 2023, 09:54

AQSh Xitoyga sun’iy intellekt chiplarini yetkazib berish ustidan nazoratni kuchaytiradi

AQSh hukumati Xitoyning ilg‘or, ayniqsa sun’iy intellekt texnologiyalarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan chiplarni sotib olishiga bo‘lgan cheklovlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Uchinchi davlatlar yordamida cheklovlarni chetlab o‘tishga urinayotgan Xitoy kompaniyalari uchun qo‘shimcha tekshiruvlar joriy etiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting