Shavkat Mirziyoyev 17-oktabr kuni Pekin shahriga amaliy tashrif doirasida Amer International industrial-sanoat xoldingi raisi Van Venin bilan uchrashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Amer International — Xitoyning yetakchi konglomeratlaridan biri. Ilg‘or texnologiyalar, elektronika, yarimo‘tkazgichlar sanoati, konchilik va qayta ishlash tarmoqlaridagi loyihalar bilan shug‘ullanadi. Kompaniya Fortune 500 global reytingida 124-o‘rinni egallagan. Xitoyda va uning tashqarisida umumiy qiymati 60 milliard dollardan ziyod bo‘lgan loyihalarni amalga oshirmoqda.

Kompaniya mamlakatimizga Markaziy Osiyo mintaqasidagi biznesining bosh yo‘nalishi sifatida qarayotgani qayd etildi, deyiladi xabarda.

Amer International, шавкат мирзиёев, Van Venin

Uchrashuvda misni chuqur qayta ishlash va undan yuqori qo‘shilgan qiymatli innovatsion va xaridorgir mahsulotlar, shu jumladan, elektrotexnika, elektromobillar uchun akkumulyator batareyalari, mikroelektronika va yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish bo‘yicha istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Amer International, шавкат мирзиёев, Van Venin

Kompaniya raisi Xorijiy investorlar kengashi faoliyatida ishtirok etishi, O‘zbekistonda mintaqaviy ofis ochish hamda qo‘shma innovatsion loyihalarni tezlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.