Humo kompaniyasi to‘lov tizimi terminallari orqali to‘lovlarni amalga oshirishda qiyinchiliklar kuzatilayotganini tasdiqladi.

“Yuzaga kelgan holat bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda va yaqin orada barcha nosozliklar bartaraf etiladi”, — deyiladi xabarda.

Mobil ilovalar va Humo bankomatlari odatiy tartibda ishlamoqda, deya ta’kidladi kompaniya.

Tovar va xizmatlar uchun terminallar orqali to‘lovni amalga oshirib bo‘lmayotgani haqidagi xabarlar dushanba kuni kechqurun paydo bo‘ldi.

oktabr oyi boshida Humo kartasi foydalanuvchilari ilova orqali to‘lovlarni amalga oshirish va pul o‘tkazishda muammolarga duch kelgandi.