Xitoylik investorlar Andijon viloyatidagi 4 gektar maydonda yopiq muz kurortini tashkil etishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi viloyat hokimligi matbuot xizmati. Loyihada ishtirok etadigan kompaniya yoki kompaniyalar nomi ko‘rsatilmagan.

андижон viloyatи, шуҳрат абдураҳмонов, хитой, muz курорти, хонобод

12-oktabr kuni viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov investorlar bilan uchrashuvda turizm sohasini rivojlantirish va xorijlik sayyohlarni jalb etish maqsadida ishlab chiqilayotgani xabar qilingan obyekt qurilishi loyihasini muhokama qildi.

365 kun ishlash quvvatiga mo‘ljallangan majmuaning qiymati 12 million dollarga baholanmoqda. Uning hududida 500 ta mashinaga mo‘ljallangan avtoturargoh, sport maydonchalari, kinoteatr, restoran va boshqa obyektlar bo‘ladi.

Hokimlik vakillari xitoylik investorlarga loyihani Xonobod shahrida amalga oshirish uchun joy ajratishni taklif qildi. Ular viloyat hokimi o‘rinbosari hamrohligida ushbu maskanga tashrif buyurib, uni ko‘zdan kechirdi.

андижон viloyatи, шуҳрат абдураҳмонов, хитой, muz курорти, хонобод