Yevropa Ittifoqi Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari konsepsiyasini tayyorladi
23 noyabr 2023, 13:36

Yevropa Ittifoqi Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari konsepsiyasini tayyorladi

Yevropa Ittifoqi Ukraina uchun harbiy yordam, dezinformatsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish, yadro xavfsizligini ta’minlash, ittifoqqa qo‘shilish uchun zarur islohotlarni amalga oshirishda yordam va boshqalarni nazarda tutuvchi xavfsizlik kafolatlari konsepsiyasini tayyorladi.

O‘zbekistonda birjada Ai-80 benzin xaridiga kiritilgan limit kamaytirildi
23 noyabr 2023, 12:48

O‘zbekistonda birjada Ai-80 benzin xaridiga kiritilgan limit kamaytirildi

Birjada Buxoro NQIZda ishlab chiqariladigan Ai-80 benzinining maksimal xarid hajmini kuniga 4 tonnagacha pasaytirdi, deb yozadi Spot. Bu yoqilg‘i quyish shoxobchalari va brokerlar so‘ragan ayni chegaradir. Shu bilan birga, istisno tariqasida, boshqa ishlab chiqaruvchilarga 10 tonnadan sotishga ruxsat beriladi.

Toshkentda mast holda qizini urgan ayol onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin
23 noyabr 2023, 12:39

Toshkentda mast holda qizini urgan ayol onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin

Poytaxtdagi gul do‘konlarining birida 9 yoshda ekani aytilayotgan qizni mast onasi kaltakladi. Holatni bolalar ombudsmani o‘rganmoqda. “Qizcha voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy himoya ko‘rsatish markaziga joylashtirildi. Ayolni onalik huquqidan mahrum qilish masalasi ko‘rilmoqda”, deyiladi ombudsman xabarida.

Toshkentdagi “Chilonzor Oqtepa” arxeologik yodgorligi atrofida nimalar bo‘lmoqda?
23 noyabr 2023, 12:11

Toshkentdagi “Chilonzor Oqtepa” arxeologik yodgorligi atrofida nimalar bo‘lmoqda?

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi “Chilonzor Oqtepa” yodgorligi atrofida qurilish bo‘layotgani haqida xabarlar tarqaldi. Shayxontohur tumani hokimligi u yerda avtoservis qurish uchun ruxsatnoma berilganini ta’kidladi. Madaniy meros agentligi esa yodgorlik atrofi 3D panjara bilan o‘ralayotganini ma’lum qildi.

Toshkentdagi yerusti metro yo‘li ostida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binolari quriladi
23 noyabr 2023, 11:27

Toshkentdagi yerusti metro yo‘li ostida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binolari quriladi

Toshkent yerusti metro liniyasi ostidagi bo‘sh hududlarda savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binolari quriladi. Hokimlik bu bo‘yicha loyiha ishlab chiqilganini ma’lum qildi.

Prezident yerlardan samarasiz foydalanayotgan hokimlarni tanqid qildi
23 noyabr 2023, 11:26

Prezident yerlardan samarasiz foydalanayotgan hokimlarni tanqid qildi

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligidan olingan 17,5 ming gektar yer tadbirkorlarga berilmagan va auksionga ham qo‘yilmagan. Prezident viloyat hokimlarini bu yerlar yil oxirigacha auksionga chiqarilmasa, qishloq xo‘jaligi toifasiga qaytarilishi haqida ogohlantirdi.

Toshkentda o‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali uy ijarasi 348 dollarni tashkil etmoqda — MHTI
23 noyabr 2023, 10:52

Toshkentda o‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali uy ijarasi 348 dollarni tashkil etmoqda — MHTI

Toshkentdagi o‘rtacha ta’mirlangan bir xonali uylar ijarasi o‘rta hisobda 348, ikki xonali uylar uchun 437, uch xonali uylar uchun 526 dollarni tashkil etmoqda, deya qayd etdi MHTI mutaxassislari. oktabrda barcha turdagi xonadonlarning ijara narxi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan arzonlagan.

U-17 JCH: O‘zbekistonning chorak finaldagi raqibi diskvalifikatsiya qilinishi mumkin
23 noyabr 2023, 10:41

U-17 JCH: O‘zbekistonning chorak finaldagi raqibi diskvalifikatsiya qilinishi mumkin

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi U-17 Jahon chempionati chorak finalida Fransiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishi kerak. Ammo Fransiya o‘z tarkibiga avvalroq Niger jamoasida to‘p surgan hujumchini jalb etgani uchun diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

O‘zbekistonda energetika tizimi 1-dekabrdan 24 soatlik ish tartibiga o‘tadi
23 noyabr 2023, 10:25

O‘zbekistonda energetika tizimi 1-dekabrdan 24 soatlik ish tartibiga o‘tadi

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov prezidentga bergan axborotida energetika tizimi 1-dekabrdan 24 soatlik ish tartibiga o‘tishini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, aholi va korxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash maqsadida qo‘shimcha 5 milliard kub metr kafolatli gaz manbalari hal qilingan.

Samarqand YUNESKOning navbatdagi anjumaniga mezbonlik qiladi. U 1985-yildan beri ilk bora Parijdan tashqarida o‘tkaziladi
23 noyabr 2023, 09:51

Samarqand YUNESKOning navbatdagi anjumaniga mezbonlik qiladi. U 1985-yildan beri ilk bora Parijdan tashqarida o‘tkaziladi

YUNESKO Bosh konferensiyasining navbatdagi sessiyasi 2025-yilda Samarqandda bo‘ladi. U 1985-yildan beri ilk marta Parijdan tashqarida o‘tkaziladi. Tashkilotga a’zo davlatlardan hech biri o‘z hududida konferensiyani o‘tkazishga taklif bermagani sabab oxirgi sessiyalar tashkilot shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tayotgandi.

Qishda Toshkentda energetika inqirozining oldini olish uchun nimalar qilinmoqda? Energetika vaziri javobi
22 noyabr 2023, 23:10

Qishda Toshkentda energetika inqirozining oldini olish uchun nimalar qilinmoqda? Energetika vaziri javobi

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov deputatlarga energetika inqirozining oldini olish uchun Toshkentda qishga tayyorgarlik qanday ketayotganini so‘zlab berdi. Shu maqsadda qozonxonalar ta’mirlanib, yangi podstansiya va elektr liniyalari qurildi, mazut zaxiralari yaratildi va boshqa ishlar bajarildi, dedi u.

Pekinda Xitoy va O‘zbekiston TIV rahbarlarining birinchi strategik muloqoti bo‘ldi
22 noyabr 2023, 21:07

Pekinda Xitoy va O‘zbekiston TIV rahbarlarining birinchi strategik muloqoti bo‘ldi

O‘zbekiston va Xitoy tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov hamda Van I Pekinda ikki davlat tashqi ishlar vazirlarining birinchi strategik muloqotini o‘tkazdi. Unda siyosiy va iqtisodiy sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Milliy gvardiyaga teleskopik va plastik tayoqlardan foydalanish huquqi berilishi mumkin
22 noyabr 2023, 17:52

Milliy gvardiyaga teleskopik va plastik tayoqlardan foydalanish huquqi berilishi mumkin

Milliy gvardiya xodimlariga rezina tayoqlar bilan bir qatorda maxsus tayoqlardan ham foydalanishga ruxsat berish taklif qilinmoqda. Teleskopik tayoqlar, loyihada tushuntirilishicha, sovuq qurolli hujumni bartaraf etish va faol qarshilik ko‘rsatgan tartibbuzarlarni bo‘ysundirishda qo‘l keladi.

Prezident 23-noyabr kuni Ozarbayjonga boradi
22 noyabr 2023, 17:38

Prezident 23-noyabr kuni Ozarbayjonga boradi

Shavkat Mirziyoyev Bokuda o‘tkaziladigan BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPEKA) birinchi sammitida ishtirok etish uchun 23−24-noyabr kunlari Ozarbayjonda bo‘ladi.

Endi viloyat kadastr boshliqlari bosh vazir tomonidan tayinlanadi
22 noyabr 2023, 17:37

Endi viloyat kadastr boshliqlari bosh vazir tomonidan tayinlanadi

O‘zbekiston bosh vaziri Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish huquqini oldi. O‘zbekiston prezidenti kadastr sohasi uchun kadrlar tayyorlash sifati “zamondan orqada” ekanini ta’kidladi.

Brend Chery avtomobillarining O‘zbekistondagi barcha modellari uchun narxlarni optimallashtirildi
22 noyabr 2023, 17:00

Brend Chery avtomobillarining O‘zbekistondagi barcha modellari uchun narxlarni optimallashtirildi

Chery Uzbekistan brendi avtomobillarning barcha modellari narxini pasaytirish va transport xarajatlarini optimalashtirishni e’lon qildi.

O‘zbekiston U-17 JCHning chorak finaliga chiqdi
22 noyabr 2023, 15:42

O‘zbekiston U-17 JCHning chorak finaliga chiqdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Angliyani mag‘lub etib, 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatining chorak finaliga yo‘l oldi. O‘zbekiston oxirgi marta 2011-yilda turnirning bu bosqichiga chiqqan (video, foto, statistika).

Samarqandda yo‘lovchi avtobusi YTHga uchradi, qurbon bor
22 noyabr 2023, 14:38

Samarqandda yo‘lovchi avtobusi YTHga uchradi, qurbon bor

Oqdaryo tumanida boshqaruvi yo‘qotilgan avtobus beton to‘siqqa urilishi oqibatida 1 yo‘lovchi vafot etdi. 17 kishi jarohatlandi.

Toshkent aeroportida avtobus Airbus 320 samolyoti bilan to‘qnashdi
22 noyabr 2023, 14:25

Toshkent aeroportida avtobus Airbus 320 samolyoti bilan to‘qnashdi

Toshkent aeroportida avtobus Airbus 320 yo‘lovchi layneri bilan to‘qnashdi va samolyotning tumshuq qismiga shikast yetdi. Hodisaga avtobus haydovchisining aerodrom hududida harakatlanish qoidalarini buzgani sabab bo‘lgan. Havo kemasiga ertasi kuni parvozlarga ruxsat berilgan.

Oqilona foydalanilmayotgan kadastrsiz yerlar hokimliklar zaxirasiga qaytariladi — prezident
22 noyabr 2023, 13:37

Oqilona foydalanilmayotgan kadastrsiz yerlar hokimliklar zaxirasiga qaytariladi — prezident

O‘zbekistonda ko‘chmas mulkning shartli kadastr qiymati 350 mlrd dollarni tashkil qilishi mumkin, dedi prezident. U aerosuratlar va yer kadastrini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish topshirig‘ini berdi. Agar kadastrsiz yerlardan oqilona foydalanilmasa, ular hokimliklar zaxirasiga qaytariladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting