Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/8 finalida Angliya terma jamoasini mag‘lub etdi. 22-noyabr kuni Indoneziyada bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:1 hisobida yakunlandi.

Hisob 4-daqiqadayoq ochildi. O‘zbekiston terma jamoasi maydon markazida to‘pni egallab olib, yarim himoyachi Ollobergan Karimov jarima maydonchasi ichiga uzatma berdi, pasni qabul qilib olgan Lazizbek Mirzayevning darvozaga yo‘llagan zarbasini Angliya terma jamoasi darvozaboni qaytardi, lekin yakunda hujumchi Amirbek Saidov to‘pni bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Bu Saidovning ushbu turnirdagi to‘rtinchi goli bo‘ldi.

Inglizlar 35-daqiqada hisobni tenglashtirdi — hujumchi Joel Ndala jamoasining qarshi hujumini golga aylantirdi.

67-daqiqaga kelib jarima zarbasini Lazizbek Mirzayev aniq amalga oshirdi. U kiritgan to‘p g‘alaba goli bo‘ldi va O‘zbekistonni jahon chempionatining chorak finaliga olib chiqdi. Shu tariqa, o‘smirlar terma jamoasi tarixdagi eng yaxshi natijani takrorladi. O‘shanda o‘smirlar 2011-yilgi jahon chempionatining chorak finaliga chiqqandi.

Jamoa chorak finalda Fransiya — Senegal juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

Statistika

англия, футбол, U-17 jahon chempionati

Gollar videosi

Foto

англия, футбол, U-17 jahon chempionati

англия, футбол, U-17 jahon chempionati

англия, футбол, U-17 jahon chempionati

англия, футбол, U-17 jahon chempionati

англия, футбол, U-17 jahon chempionati

англия, футбол, U-17 jahon chempionati

англия, футбол, U-17 jahon chempionati

англия, футбол, U-17 jahon chempionati

англия, футбол, U-17 jahon chempionati

англия, футбол, U-17 jahon chempionati

англия, футбол, U-17 jahon chempionati

англия, футбол, U-17 jahon chempionati

англия, футбол, U-17 jahon chempionati

англия, футбол, U-17 jahon chempionati

англия, футбол, U-17 jahon chempionati

англия, футбол, U-17 jahon chempionati

англия, футбол, U-17 jahon chempionati

англия, футбол, U-17 jahon chempionati

англия, футбол, U-17 jahon chempionati