Belarus: norozilik namoyishlari, Svetlana Tixanovskayaning hibsga olinishi va mamlakatni tark etishi
11 avgust 2020, 17:18

Belarus: norozilik namoyishlari, Svetlana Tixanovskayaning hibsga olinishi va mamlakatni tark etishi

Belarusda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlari natijalari e’lon qilinganidan so‘ng mamlakatning yirik shaharlarida ikkinchi tun davomida norozilik namoyishlari davom etmoqda. Muxolifat nomzodi Svetlana Tixanovskaya mamlakatni tark etishga majbur bo‘ldi va Litvaga jo‘nab ketdi. U videomurojaatida «hayotimizda eng muhimi — bolalar» deya ta’kidladi.

Mehmonxonada karantinda bo‘lgan denovlik erkak o‘z joniga qasd qildi
11 avgust 2020, 16:43

Mehmonxonada karantinda bo‘lgan denovlik erkak o‘z joniga qasd qildi

4 avgust kuni Rossiyaning Qozon shahridan charter reys orqali O‘zbekistonga olib kelingan va «Sayoxat» mehmonxonasiga karantinga olingan 31 yoshli denovlik erkak, mehmonxonaning 4-qavatidan o‘zini uloqtirib o‘z joniga qasd qildi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Livandagi norozilik namoyishlar sababli hukumat iste’foga chiqdi
11 avgust 2020, 16:40

Livandagi norozilik namoyishlar sababli hukumat iste’foga chiqdi

Livan hukumati Bayrutda 4 avgust kuni ro‘y bergan kuchli portlash va uning ortidan yuzaga kelgan ommaviy norozilik namoyishlari tufayli iste’foga chiqdi. O‘zining xayrlashuv bayonotida bosh vazir «korrupsiya tizimi Livan davlatidan kuchliroq» kelganini ta’kidladi.

Vladimir Putin COVID-19 ga qarshi ilk vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilganini e’lon qildi
11 avgust 2020, 15:08

Vladimir Putin COVID-19 ga qarshi ilk vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilganini e’lon qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin COVID-19 ga qarshi ilk vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilganini, tez orada vaksina katta miqdorda ishlab chiqarila boshlanishini ma’lum qildi. Ko‘plab farmkompaniyalar Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligini ushbu vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishga shoshmaslikka chaqirayotgan edi.

OTB vitse-prezidenti — investitsiyalarning to‘rtta yo‘nalishi haqida
11 avgust 2020, 13:52

OTB vitse-prezidenti — investitsiyalarning to‘rtta yo‘nalishi haqida

Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Shisin Chen Osiyo mamlakatlariga pandemiya sababli yuzaga kelgan inqirozni yengishda yordam beradigan to‘rtta yo‘nalishni taklif qildi. Ular orasida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya sohalari ham bor.

Sud-tergov jarayonida shaxsiy huquq va erkinliklar kafolati kuchaytiriladi
11 avgust 2020, 13:22

Sud-tergov jarayonida shaxsiy huquq va erkinliklar kafolati kuchaytiriladi

Prezident sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjatda, jumladan, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan fuqarolarni qiynash, ularga nisbatan shafqatsiz va kamsituvchi muomalada bo‘lish, ushlangan shaxsning huquqlarini poymol qilishning oldini olishga alohida urg‘u qaratildi.

Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 20 mln kishidan oshdi
11 avgust 2020, 12:18

Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 20 mln kishidan oshdi

Dunyo bo‘ylab aniqlangan koronavirus holatlari 20 mlndan oshdi. Bunda, 12,35 mln nafar bemor COVID-19 infeksiyasidan sog‘aygan va 736 ming nafari esa hayotdan ko‘z yumgan. Hozirgacha AQSH, Braziliya va Hindistonda eng ko‘p koronavirus bilan zararlanish holatlari qayd etilgan.

Koronavirus holatlari 31,5 mingdan oshdi
11 avgust 2020, 10:04

Koronavirus holatlari 31,5 mingdan oshdi

COVID-19 bemorlari soni 241 nafarga ortib, jami 31545 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Samarqand, Sirdaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, ikki nafar COVID-19 bemori vafot etdi.

O‘zbekiston va Belarus prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
10 avgust 2020, 22:48

O‘zbekiston va Belarus prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko telefon orqali muloqotda ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqilib, o‘zaro muloqotni jadallashtirishga kelishib olindi.

Zominda Lada-Largus va Isuzu to‘qnashuvi natijasida ikki yo‘lovchi ayol vafot etdi
10 avgust 2020, 21:35

Zominda Lada-Largus va Isuzu to‘qnashuvi natijasida ikki yo‘lovchi ayol vafot etdi

Zominda o‘zidan oldindagi mashinani quvib o‘tmoqchi bo‘lgan Lada-Largus haydovchisi Isuzu yuk mashinasi bilan to‘qnashuv sodir etdi. Natijada yengil avtomobilning ikki yo‘lovchisi olamdan o‘tdi, to‘rt kishi, jumladan, ikki bola jarohatlandi.

O‘zbekistonda karantin talablari bosqichma-bosqich yengillashtiriladi
10 avgust 2020, 20:40

O‘zbekistonda karantin talablari bosqichma-bosqich yengillashtiriladi

Prezident raisligida o‘tgan yig‘ilishda fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i himoyasini yanada kuchaytirgan holda, pandemiya sharoitida yashash va ishlashda davom etish, karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish muhimligi ta’kidlandi. Qashqadaryo, Farg‘ona va Buxoroda yengillatish jarayoni boshlangan.

Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga yil oxirida tashrif buyuradi
10 avgust 2020, 19:30

Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga yil oxirida tashrif buyuradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dekabr oyida Janubiy Koreyaga tashrif buyurishi kutilmoqda. Tashrif koronavirus pandemiyasi sababli keyinroq muddatga ko‘chirilgan.

O‘zbekiston tolib-mahbuslarning ozod qilinishini olqishladi
10 avgust 2020, 18:52

O‘zbekiston tolib-mahbuslarning ozod qilinishini olqishladi

O‘zbekiston Afg‘oniston Maslahat loya jirg‘asining 400 nafar tolib-mahbusni ozod qilish to‘g‘risidagi qarorini olqishlashini ma’lum qildi. Afg‘onlararo muzokaralari shu hafta ichida boshlanishi mumkin.

Sudyalar oliy kengashiga yangi rahbar tayinlandi
10 avgust 2020, 18:28

Sudyalar oliy kengashiga yangi rahbar tayinlandi

Xolmo‘min Yodgorov Sudyalar oliy kengashi raisi etib tayinlangani munosabati bilan Oliy sud raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.

JSST O‘zbekistonga 500 ta kislorod konsentratorini jo‘natdi
10 avgust 2020, 17:51

JSST O‘zbekistonga 500 ta kislorod konsentratorini jo‘natdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti insonparvarlik yordami sifatida O‘zbekistonga 500 ta kislorod konsentratorini jo‘natdi. Hafta oxirigacha laboratoriyalar uchun zarur bo‘lgan moddalar bilan yuklangan yana bir insonparvarlik yordamining kelishi kutilmoqda.

Andijonda kafedra dotsenti 2 ming dollar olayotganda ushlandi
10 avgust 2020, 17:47

Andijonda kafedra dotsenti 2 ming dollar olayotganda ushlandi

Andijon viloyatida institutga kiritish evaziga 2 ming dollar olgan kafedra dotsenti firibgarlik ustida ushlandi.

O‘zbekiston 2025 yilda yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi
10 avgust 2020, 17:09

O‘zbekiston 2025 yilda yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston 2025 yili yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan IV yozgi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi.

Uzcard kompaniyasinig ta’sischilari o‘zgardi
10 avgust 2020, 16:28

Uzcard kompaniyasinig ta’sischilari o‘zgardi

Oldinroq Uzcard kompaniyasining 75 foiz aksiyasiga ega bo‘lgan Oybek Tursunov hozirda kompaniya ta’sischilarining ro‘yxatida yo‘q. Endilikda aksiyalarning 51 foizi «O‘zmilliybank»ga, 6 foizdan aksiya «O‘zsanoatqurilishbank», «Asaka» bank, Ipoteka-Bank va «Aloqabank» banklariga tegishli bo‘lsa, qolgan 25 foiz aksiyalar jismoniy shaxslarga tegishli.

Qibrayda jomadondan erkak kishining jasadi topildi
10 avgust 2020, 15:35

Qibrayda jomadondan erkak kishining jasadi topildi

Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi gidroelektrstansiya hududida jomadon ichidan erkak kishining jasadi topildi. O‘limning «mexanik asfiksiya» natijasida sodir bo‘lgani xabar qilindi.

1 mln so‘mgacha maosh oladiganlar soni ko‘paydi
10 avgust 2020, 15:12

1 mln so‘mgacha maosh oladiganlar soni ko‘paydi

Koronavirus pandemiyasi davrida iqtisodiy faollikning sekinlashuvi ish haqi miqdorlarining pasayishiga olib keldi. Jumladan, 1 mln so‘mgacha maosh oladiganlar soni 100 ming kishiga ko‘payib, 1,77 mln nafarga yetdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting