O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining tegishli qarori bilan Xolmo‘min Buvraboyevich Yodgorov Sudyalar oliy kengashining raisi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar qildi. Shu munosabat bilan u o‘zi egallab turgan Oliy sud raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.

Xolmo‘min Yodgorov 2017 yil may oyida muddatsiz davrga O‘zbekiston Oliy cudi raisining o‘rinbosari — fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylangan edi. Avvalroq Oliy sud sudyasi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Ma’lumot uchun, Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining organi bo‘lib, uning asosi vazifalari sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlash, sudyalarni tayinlash, shuningdek rahbar sudyalik lavozimlariga ko‘rsatish uchun tavsiya berish asosida sudyalar korpusini shakllantirish va boshqalardan iborat.