2025 yilda «O‘zbekistonda yoshlar o‘rtasidagi IV yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot Telegram-kanali xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, Osiyo o‘yinlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi huzurida «Toshkent-2025» yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish direksiyasi tashkil etiladi.

Shuningdek qaror bilan, «Toshkent-2025» yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi hamda chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.