Prezident Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga tashrifi dekabr oyida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda, deya xabar berdi The Korea Times.

Janubiy Koreya Iqtisodiyot va moliya vazirligining yuqori lavozimli xodimi rejalashtirilgan tashrif asosan COVID-19 sababli qoldirilganini ma’lum qilgan. «Sentyabr oyiga rejalashtirilgan oldingi tashrif dekabr oyida amalga oshiriladi», — deya aniqlik kiritgan u.

«Tashrifdan tashqari, hozirda ikki mamlakat o‘rtasida imzolanadigan erkin savdo to‘g‘risida ikki tomonlama bitimning iqtisodiy ta’sirni aniqlash uchun bir necha qo‘shma texnik-iqtisodiy tadqiqotlar olib borilmoqda», — deb yozadi koreys nashri.

Eslatib o‘tamiz, davlat rahbarining Koreya Respublikasiga safari 6−7 iyul kunlari investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Seulga amaliy tashrifi davomida rejalashtirilgan edi.