11 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 31545 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 193 nafari Toshkent shahrida, 21 nafari Samarqand viloyatida, 12 nafari Sirdaryo viloyatida, 8 nafari Navoiy viloyatida hamda 7 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 8 351 kishi davolanmoqda. Ulardan 1361 nafari og‘ir, 387 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, deya baholanmoqda.

Ayni paytda mamlakatda 22 992 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 60 yoshli A.A. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 60 yoshli A.M. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.