Krishtianu Ronaldu futbol tarixida eng ko‘p gol urgan to‘purarga aylandi
21 yanvar 2021, 11:04

Krishtianu Ronaldu futbol tarixida eng ko‘p gol urgan to‘purarga aylandi

Krishtianu Ronaldu rasmiy o‘yinlarda kiritilgan gollari sonini 760 taga yetkazdi va bu borada rekord o‘rnatdi.

Shavkat Mirziyoyev Buxoroga jo‘nab ketdi
21 yanvar 2021, 10:36

Shavkat Mirziyoyev Buxoroga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi.

3,7 mln dollarga yerni rasmiylashtirib berishini aytgan fuqaro ushlandi
21 yanvar 2021, 10:33

3,7 mln dollarga yerni rasmiylashtirib berishini aytgan fuqaro ushlandi

Toshkent viloyatidagi korxona rahbari Q.T. 460 ga yerni bir tadbirkorga noqonuniy rasmiylashtirib berishni taklif qiladi. Evaziga esa 3 mln 720 ming AQSH dollari talab qiladi. Tadbirkordan aytilgan summani olayotgan vaqtida Q.T. ashyoviy dalil bilan qo‘lga olinadi.

«Demokratiya qimmatbaho va mo‘rt narsa» — Jo Bayden
21 yanvar 2021, 10:13

«Demokratiya qimmatbaho va mo‘rt narsa» — Jo Bayden

Jo Bayden AQSHning 46-prezidenti sifatida ish boshladi. O‘zining inauguratsiya nutqida u saylov natijalarini demokratiyaning g‘alabasi deb atadi, amerikaliklarni bir-biridan farqli bo‘lishiga qaramay, yakdil bo‘lishga chaqirdi hamda Qo‘shma Shtatlar boshqa mamlakatlar bilan ittifoqlarni va global hamjamiyat bilan aloqalarni tiklashini va’da qildi.

Abdulaziz Kamilov Iordaniya elchisini qabul qildi
21 yanvar 2021, 09:46

Abdulaziz Kamilov Iordaniya elchisini qabul qildi

Iordaniya Hoshimiylar Podshohligining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Demiya Zuxeyr Haddod O‘zbekistonda o‘z ishini boshladi.

Madridda kuchli portlash sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor
20 yanvar 2021, 21:06

Madridda kuchli portlash sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor

Madrid markazida kuchli portlash ko‘p qavatli uyning bir qismi qulab tushishiga va qo‘shni uylarning shikastlanishiga olib keldi. Natijada kamida uch kishi halok bo‘ldi, olti kishi jarohatlandi.

Prezidentga ajrashishni cheklash va teletsenzura taklif etildi. U bu bilan muammo yechilmasligini aytdi
20 yanvar 2021, 20:39 1

Prezidentga ajrashishni cheklash va teletsenzura taklif etildi. U bu bilan muammo yechilmasligini aytdi

Yunusobod tumanidagi mahalla raisining birinchi o‘rinbosari prezident bilan uchrashuvda nikohdan keyin 2−3 yil muddatga ajrashishlarni taqiqlashni va televideniyega senzura qo‘yishni taklif etdi. U «o‘zbek mentalitetiga umuman to‘g‘ri kelmaydigan» deb hisoblaydigan Yor-Yor dasturini misol qilib keltirdi. Shavkat Mirziyoyev cheklash va taqiq qo‘yish bilan muammo hal bo‘lmasligini aytdi.

Jahon yangiliklari dayjesti
20 yanvar 2021, 19:51

Jahon yangiliklari dayjesti

Donald Trampning 73 kishini afv etgani, Misr va Qatar o‘rtasidagi diplomatik aloqalarning tiklanganligi, Isroilning Pfizer vaksinasini shubha ostiga solgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Toshkent shahrida YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi va ikki kishi jarohatlandi
20 yanvar 2021, 19:06

Toshkent shahrida YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi va ikki kishi jarohatlandi

Toshkent shahrining Yuzrabod va Kozeva ko‘chalari kesishmasida Damas va VAZ-2115 avtomashinalari to‘qnashishi oqibatida ikki kishi vafot etdi va ikki kishi jarohatlandi.

Toshkent shahar IIBBda yangi tayinlovlar amalga oshirildi
20 yanvar 2021, 17:53

Toshkent shahar IIBBda yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Polkovnik Timur Xolmatov Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari — Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Poytaxt IIBBsi Moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i esa polkovnik Xusniddin Shamsutdinov bo‘ldi.

2020-yilda 7 110 nafar shaxs ozodlikdan maxrum qilingan
20 yanvar 2021, 17:48

2020-yilda 7 110 nafar shaxs ozodlikdan maxrum qilingan

Oliy sud ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda 38 149 nafar shaxsga nisbatan 30 284 ta jinoyat ishi ko‘rilgan. Sudlanganlar esa 27 999 nafarni tashkil etgan. Shundan 7 110 nafariga qamoq jazosi tayinlangan. Yil davomida 781 nafar shaxs oqlangan.

AQSH Xitoyning uyg‘urlarga nisbatan harakatlarini genotsid deb atadi
20 yanvar 2021, 17:20

AQSH Xitoyning uyg‘urlarga nisbatan harakatlarini genotsid deb atadi

AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo 19 yanvar kuni qilgan bayonotida Xitoyning Sinszyan avtonom hududidagi uyg‘urlarga nisbatan harakatlarini «genotsid» va «inson huquqlariga qarshi jinoyat» deya e’lon qildi.

Voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlangan shaxs vafot etdi, qiz bedarak yo‘qoldi
20 yanvar 2021, 17:07

Voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlangan shaxs vafot etdi, qiz bedarak yo‘qoldi

Samarqand viloyatida 2 nafar fuqaro voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda. Gumondorlardan biri o‘z uyida vafot etdi, jabrlangan qiz bedarak yo‘qoldi.

Yangi — Angren IESdagi portlash oqibatida 3 kishi vafot etdi
20 yanvar 2021, 16:53

Yangi — Angren IESdagi portlash oqibatida 3 kishi vafot etdi

Yangi — Angren IES 5 blokidagi rejali xizmat ko‘rsatish paytida portlash yuz berdi. Hodisa natijasida uch kishi olingan jarohatlar sababli vafot etdi.

Jahongir Otajonov prezident saylovlarida qatnashmoqchi ekanligini ma’lum qildi
20 yanvar 2021, 16:16

Jahongir Otajonov prezident saylovlarida qatnashmoqchi ekanligini ma’lum qildi

Sobiq xonanda Jahongir Otajonov O‘zbekiston prezidenti saylovlarida qatnashish istagi borligini ma’lum qildi. «Kerak bo‘lsa, partiya tuzaman», — dedi u.

Samarqand viloyatida «Shavkat Miromonovich Mirziyoyev» nomli oilaviy korxona ochilgan
20 yanvar 2021, 16:06

Samarqand viloyatida «Shavkat Miromonovich Mirziyoyev» nomli oilaviy korxona ochilgan

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Payshanba shaharchasida «Shavkat Miromonovich Mirziyoyev» oilaviy korxonasi faoliyat yuritadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, korxona 2020 yil 14 fevral kuni Davlat xizmatlari markazi tomonidan ro‘yxatga olingan va ustav fondi 1000 so‘mni tashkil etadi.

«O‘zbekiston metallurgiya kombinati»ga yangi rahbar tayinlandi
20 yanvar 2021, 15:40

«O‘zbekiston metallurgiya kombinati»ga yangi rahbar tayinlandi

Rashid Pirmatov «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati rahbari etib tayinlandi.

«Xodimlar jismonan va ruhan charchagan» — oliy ta’lim vaziri
20 yanvar 2021, 14:42

«Xodimlar jismonan va ruhan charchagan» — oliy ta’lim vaziri

Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov ish faoliyatining birinchi kunlari bo‘yicha o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi. Uning aytishicha, xodimlar horg‘in, ba’zi strukturalar esa talablarga javob bermaydi. U endilikda vazirlik «yangicha ish tartibiga» o‘tishini ma’lum qildi.

Jek Ma 2020 yil oktyabridan buyon ilk bor ommaga ko‘rinish berdi
20 yanvar 2021, 14:22

Jek Ma 2020 yil oktyabridan buyon ilk bor ommaga ko‘rinish berdi

Jek Ma kuz faslidan buyon ilk bor ommaga ko‘rinish berdi. Alibaba asoschisi 20 yanvar kuni qishloqdagi o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash dasturining onlayn-marosimida ishtirok etdi.

Xorijiy davlatlarda o‘qib kelgan yoshlar u yerdagi tajribani tez va shoshilinch amalga oshirmoqchi bo‘ladi — prezident
20 yanvar 2021, 14:13

Xorijiy davlatlarda o‘qib kelgan yoshlar u yerdagi tajribani tez va shoshilinch amalga oshirmoqchi bo‘ladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev xorijda ta’lim olgan yoshlarni katta lavozimlarga tayinlaganda ularda shoshib qolish holatlari kuzatilayotganini ta’qidladi. Davlat rahbari bunday yoshlarga milliy tarix va qadriyatlarning o‘rni haqida aytib o‘tdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting