Prezident xorijda o‘qib kelgan yoshlar orasida u o‘sha mamlakatlardagi tajribalarni O‘zbekistonda tezkorlik bilan amalga oshirish bo‘yicha Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektorda aytib o‘tdi.

«Yoshlarga keng imkoniyat yaratib beryapmiz. Ularga katta-katta lavozimlarni ishonib topshiryapmiz. Ularda bilim, iste’dod bor. Afsuski, ayrimlari milliy zamin, milliy ma’naviyatimizdan uzoqlashib ketgani sezilib qolmoqda. Ularning ko‘plari o‘zlari o‘qib kelgan xorijiy davlatlardagi tajribani tez va shoshilinch amalga oshirmoqchi bo‘lyaptilar, ammo bunday natijaga o‘sha davlatlar bir necha yuz yillar davomida erishgani haqida ular o‘ylab ko‘rmayapti», — dedi prezident.

Davlat rahbari bunday yoshlar milliy tarix va qadriyatlarni, ijtimoiy muhitni chuqur o‘rganishi kerakligini ta’kidladi.

«Afsuski atrofimizdagi barcha siyosiy-ijtimoiy jarayonlarni chuqur tushunib, ta’sirchan tilda yetkazib beradigan tahlilchi va ekspertlar juda kam», — deya qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev.

Bundan tashqari, prezident umuminsoniy, milliy va diniy qadriyatlarga bepisandlik holatlariga qarshi kurashning metodologik asoslarini shakllantirish lozimligini ta’kidladi.

«Shu ma’noda Ma’naviyat va ma’rifat, Taraqqiyot strategiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazlari, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishdagi tadqiqot institutlari haqiqiy aql markazlariga aylanishi kerak», — dedi Shavkat Mirziyoyev.