Alibaba asoschisi Jek Ma 20 yanvarda qishloqdagi o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash dasturining onlayn-marosimida ishtirok etgan, deya xabar qildi Forbes. U onlayn videoda xitoylik o‘qituvchilar va ta’lim tizimini qo‘llab-quvvatlashga chorlagan.

«Men va hamkasblarim, biz o‘qidik va fikr yuritdik, o‘zimizni ta’lim va ijtimoiy ta’minotni rivojlantirishga bag‘ishlashga qat’iy qaror qildik», — dedi Jek Ma.

Bloomberg xabariga ko‘ra, Jek Ma ishtirokidagi video jonli efirda ham ko‘rsatilgan. Tadbirkor Xitoy hukumati bilan yuzaga kelgan ziddiyat haqida hech narsa demagan. Video paydo bo‘lganidan so‘ng Alibaba aksiyalarining qiymati darhol 6,3% ga ko‘tarildi.

Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyida Jek Ma va hukumat bilan ziddiyat yuzaga kelgach, u ommaga ko‘rinish bermayotgani va uning g‘oyib bo‘lganligi haqida xabarlar tarqala boshlagan edi.

Ma’lumot uchun, Jek Ma oktyabr oyida Xitoydagi moliyaviy tartibga solish tizimni tanqid qilgan edi. Shundan so‘ng Alibaba kompaniyasiga qarshi monopoliyaga qarshi tergov-surishtiruv ishi ochilgan edi.