Ispaniya poytaxti Madrid markazidagi Toledo ko‘chasida kuchli portlash yuz berdi. El Pais nashrining yozishicha, hodisaga maishiy gaz sizib chiqishi sabab bo‘lishi mumkin.

Qayd etilishicha, cherkov joylashgan binolardan birining to‘rt qavati qulagan. Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, bino maktab va qariyalar uyi yonida joylashgan. Xabar qilinishicha, qariyalar uyida yashovchilar jarohat olishmagan, bino butunlay qulab tushishi xavfi ostida bo‘lgani sababli butun ko‘chada yashovchilarni evakuatsiya ishlari olib borilmoqda.

El Pais, shuningdek, portlash sodir bo‘lgan bino fasadining qoldiqlari 30 m dan ortiq radiusda tarqalib ketgani va yana bir necha qo‘shni uylarga zarar yetkazilganini xabar qilmoqda.

Natijada kamida ikki kishi halok bo‘ldi, dedi shahar meri Xose Luis Martines Almeyda. Expansion nashri esa halok bo‘lganlar soni uch nafarga yetganini ma’lum qildi. El Pais avvalroq olti nafar yarador haqida xabar berilgan, ulardan birining ahvoli og‘ir edi. Favqulodda xizmatlar olti kishining jarohatlangani va ikki kishining o‘limini tasdiqladi. Ispaniyaning Tvitter foydalanuvchilari voqea sodir bo‘lgan joyning fotosuratlarini joylashtirmoqdalar. Ularda vayron bo‘lgan bino, tutun va parchalar bilan to‘lib toshgan ko‘chani ko‘rish mumkin.


Foto: Leire Ariz Sarasketa / Twitter.

Foto: Leire Ariz Sarasketa / Twitter.

Foto: Jenniferlalala9 / Twitter.

Foto: leireariz / Twitter.