«O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashi hamda kombinat rahbariyatining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida Rashid Pirmatov «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJning rahbari lavozimiga tayinlandi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etdi.

Rashid Pirmatov ko‘p yillar davomida «O‘zmetkombinat» AJda faoliyat yuritib kelgan.

Bundan tashqari, kombinat boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari ham o‘zgardi. Ushbu lavozimga Dilshod Axmedov tayinlandi.