Samarqand viloyat prokuraturasi xabar berishicha, 2 yanvar kuni P.E. (2004 y.t.) Kattaqo‘rg‘on tuman IIBga murojaat qilib, uni zo‘rlagan ikki fuqaro ustidan ariza yozgan.

Uning aytishicha, fuqaro I.S. o‘zining «Matiz» avtomashinasida uni Kattaqo‘rg‘on shahar «Chinobod» mahallasiga olib borib, zo‘rlik ishlatib nomusiga tekkan.

Bundan tashqari, S.R. ham P.E.ni Kattaqo‘rg‘on tumanidagi «Suv ombori»ga olib borib, zo‘rlaganligi aytilgan.

Tekshiruv boshlanib, qizning jarohatlarini aniqlash uchun sud tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

13 yanvar kuni gumonlanuvchi shaxslardan biri S.R. o‘zining uyida vafot etganligi aniqlangan, uning o‘limi sabablari o‘rganilmoqda.

14 yanvarda esa P.E.ning onasi S.S. qizining 10 yanvarda uydan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmaganini va bedarak yo‘qolganligini ma’lum qilgan.

Tergovga qadar tekshirish harakatlari davom etmoqda.