TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 20 yanvar kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Iordaniya Hoshimiylar Podshohligining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Demiya Zuxeyr Haddodni qabul qildi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti hamda boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro munosabatlari masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Iordaniyaning O‘zbekistondagi avvalgi elchisi Solih Ahmad al-Javarneh bo‘lgan. U ushbu lavozimni 2015 yil iyulidan 2020 yil sentyabriga qadar egallagan.