Donald Tramp 73 kishini afv etdi

Donald Tramp prezidentlik muddatining so‘ngi kunida 73 kishini, jumladan firibgarlikda va mablag‘larni o‘zlashtirishda ayblangan o‘zining sobiq maslahatchisi Stiven Bennonni avf etdi. Prezident yana 70 kishi uchun jazoni yengillashtirishga qaror qildi. Ilgari o‘z kompaniyasidan o‘z-o‘zini boshqaradigan mashinalar haqidagi tijorat ma’lumotlarini o‘g‘irlab, keyin uni raqiblariga topshirgani uchun qamoq jazosiga mahkum etilgan Google kompaniyasining sobiq muhandisi Entoni Levandovskiyga nisbatan ham to‘liq afv qo‘llanildi. — The White House.

Misr Tashqi ishlar vazirligi Qatar bilan diplomatik aloqalar tiklanganini ma’lum qildi

Rasmiy Qohira va Doha 2017 yil yozida uzilgan diplomatik munosabatlarni tiklashga kelishib olishdi. Bu haqda Misr Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi. «Misr Arab Respublikasi va Qatar Davlati o‘rtasida rasmiy memorandumlar almashildi, unga ko‘ra ikki mamlakat diplomatik munosabatlarni tiklashga kelishib olishdi», — deyiladi bayonotda. Bunga 5 yanvar kuni Saudiya Arabistonining Al-Ula shahrida bo‘lib o‘tgan Fors ko‘rfazi Arab davlatlari hamkorlik kengashinin sammitidag Arab monarxiyalari va Misr o‘rtasida Doha bilan barcha kelishmovchiliklarga barham berish, u bilan to‘laqonli diplomatik munosabatlarni tiklash va qayta boshlash to‘g‘risida bitim imzolanganligi sabab bo‘ldi. 12 yanvar kuni Misr fuqaro aviatsiyasi vazirligi Qatar aviatsiyasiga o‘z havo maydonini ochishini e’lon qildi. Mamlakatlar o‘rtasidagi muntazam aloqa 18 yanvarda tiklandi. — Misr Tashqi ishlar vazirligining Facebook’dagi sahifasi.

Yaponiya bosh vaziri davlat suvereniteti Kuril janubiga ham tarqalishini ta’kidladi

Yaponiya Kuril orollarining butun janubiy qismini Rossiya bilan muzokaralarning asosiy mavzusi deb bilishini, hamda Yaponiyaning suvereniteti ushbu hududlarga taalluqligini ta’kidladi. «Shimoliy hududlar (Kuril orollarining janubiy qismi) — bu bizning suverenitetimiz tarqalgan orollar. Bundan tashqari, tinchlik shartnomasi bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralarning mavzusi — shimoliy orollarning hammasiga egalik huquqini aniqlash. Bu bizning hukumatimizning izchil pozitsiyasi», — dedi mamlakat bosh vaziri Yosixide Suga. Shu bilan birga, Suga Yaponiya Kurillarning janubiy qismida Rossiya Federatsiyasi bilan qo‘shma iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishni davom ettirish niyatida ekanligini ta’kidladi. Uning gaplariga ko‘ra, bunday tadbirlar ikkala tomonning huquqiy pozitsiyalarini buzmasligi kerak. — TASS.

Italiya Pfizer kompaniyasini sudga bermoqchi

Italiya hukumati COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksina yetkazib berilishining kechikishi munosabati bilan Pfizer ustidan sudga murojaat qilmoqchi. «Bunday harakatlar yaqin bir necha kun ichida boshlanishi haqida bir ovozdan kelishib olindi», — dedi pandemiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Italiya komissari Domeniko Arkuri. Uning so‘zlariga ko‘ra, Italiya bu hafta va’da qilingan vaksina hajmining 29 foizini olmagan. «Vaksinatsiya kampaniyasini, va albatta birinchi dozani olgan ko‘plab italiyaliklar uchun sekinlashtirish mumkin emas», — dedi u. — Interfaks.

Isroil Pfizer vaksinasini shubha ostiga qo‘ydi

Isroil Pfizer vaksinasining da’vo qilingan samaradorligini shubha ostiga qo‘ydi. Bu haqda koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha milliy dastur koordinatori, professor Naxman Ash aytdi. Uning ta’kidlashicha, 12,4 mingdan ortiq isroilliklar emlashning birinchi dozasini olganlaridan keyin ham koronavirus bilan kasallangan. Ularning orasida ikkinchi in’eksiyani olgan kamida 69 nafari kasallikni yuqtirgan. Ash bu dori virusning yangi turlaridan himoya qila olmasligi haqida ogohlantirdi. Ta’kidlanishicha, shu paytgacha 2 mlndan ortiq isroilliklar birinchi dozani, 400 ming kishi ikkinchi dozani olgan. — The Times of Israel.