O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 mart kuni «Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni (PQ-83) imzoladi.

Hujjat bilan 2023−2025 yillarda isloh qilinadigan va operatsion samaradorligi oshiriladigan 31 ta davlat ishtirokidagi yirik korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi. Ularning Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va boshqa vazirliklardagi ulushlari prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi balansiga o‘tkazib, mazkur kompaniyalarni isloh qilish vazifasi yuklatilgan.

uzassets, aksiyaлар, нкмк, окмк, стратеgiк islohotlar agentligi


uzassets, aksiyaлар, нкмк, окмк, стратеgiк islohotlar agentligi

Davlat ishtirokidagi korxonalar ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlar) UzAssets investitsiya kompaniyasiga boshqaruvga beriladi. Ushbu kompaniya tomonidan xalqaro konsalting, auditorlik va investitsiya maslahatchilari, investitsiya banklari va boshqa ixtisoslashgan kompaniyalarni jalb etish eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida amalga oshiriladi. Bunda ular bilan tuxiladigan shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazib talab etilmaydi.

UzAssets kompaniyasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatiladi:

  • iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yirik korxonalarni isloh qilish, shu jumladan ekologik, ijtimoiy va korporatik boqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etish hamda xususiy sektorni jalb qilish;
  • korxonalarning rentabelligi va operatsion samaradorligini oshirish, moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda biznes jarayonlarni optimallashtirish;
  • Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining korporativ boshqaruv bo‘yicha tavsiyalarini joriy etish orqali o‘ziga boshqaruvga berilgan korxonalarning samarali boshqarilishini va barqaror rivojlanishini ta’minlash hamda ularning qiymatini va investitsion jozibadorligini oshirish;
  • o‘ziga boshqaruvga berilgan korxonalarning ijroiya organi va kuzatuv kengashiga mahalliy hamda xorijiy malalakali menejerlarni jalb qilish.

Boshqariladigan investitsiyaya aktivlarini o‘rtcha yillik qiymatining kamida 5 foizi miqdorida o‘z moddiy aktivlariga ega bo‘lish to‘g‘risidagi talab UzAssets investitsiya kompaniyasiga nisbatan tatbiq etilmaydi.