Iqtisodiyot

Xitoy kompaniyasi Farg‘onada texnopark va quyosh elektr stansiyasi qurishni rejalashtirmoqda
7 dekabr 2021, 17:43

Xitoy kompaniyasi Farg‘onada texnopark va quyosh elektr stansiyasi qurishni rejalashtirmoqda

Xitoy kompaniyasi Farg‘ona viloyatida 25 gektar maydonda innovatsion texnopark hamda 350 mln dollar investitsiya hisobiga 500 gektar yerda quyosh fotoelektr stansiyasi barpo etishni rejalashtirmoqda. Stansiyada ishlab chiqarilgan elektr energiyasi texnoparkda joylashtiriladigan xorijiy korxonalarni ta’minlashga yo‘naltiriladi.

Yil boshidan beri shaharlararo avtobuslarda yo‘lkira narxi 9,4 foizga oshdi
7 dekabr 2021, 17:20

Yil boshidan beri shaharlararo avtobuslarda yo‘lkira narxi 9,4 foizga oshdi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida shaharlararo avtobusda yo‘lkira narxlari oktabr oyiga nisbatan o‘rtacha 0,4 foizga oshdi. Yil boshidan beri bu ko‘rsatkich 9,4 foizga qimmatlashgan.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
6 dekabr 2021, 17:50

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 5,56 so‘mga pasayib, 10 769,78 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.

Hokim yordamchilarining maoshi ular ishlaydigan mahalladagi xonadonlar soniga qarab belgilanadi
4 dekabr 2021, 11:41 1

Hokim yordamchilarining maoshi ular ishlaydigan mahalladagi xonadonlar soniga qarab belgilanadi

Prezident farmoniga binoan, hokim yordamchilarining oylik ish haqi miqdori ular biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda belgilanadi. Shuningdek, hukumat bir oy muddatda hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi.

O‘zbekistonda yangi ko‘rinishdagi 50 ming va 100 ming so‘mlik banknotlar chiqariladi
3 dekabr 2021, 23:23

O‘zbekistonda yangi ko‘rinishdagi 50 ming va 100 ming so‘mlik banknotlar chiqariladi

Markaziy bank O‘zbekistonda 50 ming va 100 ming so‘mlik banknotalar yangi ko‘rinishda chiqarilishini tasdiqladi. Banknotalar yangi dizaynda chikariladi va xafsizligi kuchaytiriladi.

O‘zbekiston XTTB va XMKning ustav kapitalidagi jami 104,7 mln dollarlik qo‘shimcha aksiyalariga obuna bo‘lmoqda
3 dekabr 2021, 18:26

O‘zbekiston XTTB va XMKning ustav kapitalidagi jami 104,7 mln dollarlik qo‘shimcha aksiyalariga obuna bo‘lmoqda

Prezident qaroriga ko‘ra, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot vazirligi (XTTB) hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) ustav kapitalidagi qo‘shimcha aksilariga obuna bo‘ladi. Uchta vazirlikning XTTB va XMKning ustav kapitalidagi mos ravishda 91,92 mln dollarlik 762 dona va 12,78 mln dollarlik 12 781 dona aksiyalarni xarid qilish bo‘yicha taklifi ma’qullangan.

2022 yilda O‘zbekistonning vodorod ishlab chiqarish salohiyati baholanadi
3 dekabr 2021, 15:43

2022 yilda O‘zbekistonning vodorod ishlab chiqarish salohiyati baholanadi

Energetika vazirligi va Jahon banki 2022 yilda O‘zbekistonda vodorod ishlab chiqarishning texnik salohiyatini baholaydi. O‘rganishlar yakunida «ko‘k» va «yashil» vodorodni rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqiladi.

Markaziy bank ikki korxonaga to‘lov xizmatlarini amalga oshirish uchun litsenziya taqdim etdi
3 dekabr 2021, 15:35

Markaziy bank ikki korxonaga to‘lov xizmatlarini amalga oshirish uchun litsenziya taqdim etdi

Markaziy bank tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi» AJ va «VENKON GROUP» MCHJlariga to‘lov faoliyatini olib borish uchun litsenziya berildi.

«O‘zbekgidroenergo» investitsiya dasturlari O‘zbekistonda dekarbonizatsiyaga yordam beradi — Fitch Rating
3 dekabr 2021, 10:29

«O‘zbekgidroenergo» investitsiya dasturlari O‘zbekistonda dekarbonizatsiyaga yordam beradi — Fitch Rating

Fitch Rating agentligi prognozlariga ko‘ra, «O‘zbekgidroenergo» investitsiya dasturlari 2030 yilga kelib elektr energiyasi ishlab chiqarishda issiqlik elektr stansiyalari ulushini 75 foizdan kamroq darajagacha qisqartirish imkonini beradi.

Plastik kartalardan pul yechib olinishi holatlari ko‘paymoqda. Bunga karta egalarini identifikatsiya qilish bilan bog‘liq muammo sabab bo‘lishi mumkin
2 dekabr 2021, 13:05

Plastik kartalardan pul yechib olinishi holatlari ko‘paymoqda. Bunga karta egalarini identifikatsiya qilish bilan bog‘liq muammo sabab bo‘lishi mumkin

Ko‘plab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ularning xabarisiz plastik kartalaridan pul yechib olinayotgani haqida shikoyat qilishmoqda. Markaziy bank mas’ullari bunga mijozlarni identifikatsiya qilishning imkoni bo‘lmagani sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Bunday hollarda mijozlarning kartasidagi mablag‘ «harakatsiz» (spyaiy) hisobraqamga olinadi.

Eng ko‘p chakana savdo Toshkent shahrida amalga oshirilgan
1 dekabr 2021, 19:50

Eng ko‘p chakana savdo Toshkent shahrida amalga oshirilgan

Respublika hududlari kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p chakana savdo tovar aylanmasi hajmi bo‘yicha, joriy narxlarda yalpi ichki mahsuloti hajmi bo‘yicha va tashqi savdo aylanmasi yuqoriligi bo‘yicha ham Toshkent shahri yuqori o‘rinni egallagan. Tovarlar eksport-importi bo‘yicha eng past ko‘rsatkich esa Surxondaryo viloyatiga to‘g‘ri kelgan.

O‘zbekiston bank tizimi: umumiy holat va istiqbollar
1 dekabr 2021, 18:46

O‘zbekiston bank tizimi: umumiy holat va istiqbollar

Markaziy bank raisi o‘rinbosari Abrorxo‘ja Turdaliyev O‘zbekiston bank tizimi holati haqida umumiy ma’lumot berib, uni rivojlantirishning istiqbolli bosqichlarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, dollarlashuv darajasini pasaytirish maqsadida Moliya vazirligi huzurida xedj-fond tashkil etilmoqda, valyuta kreditlarini jalb qilishda esa «ehtiyotkorlik siyosati» olib boriladi. 2025 yilda bank sektoridagi hukumat ulushini 40 foizgacha kamaytirish rejalashtirilgan.

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
1 dekabr 2021, 16:41

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12,49 so‘mga pasayib, 10 776,49 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.

Noyabr oyida inflyatsiya 1,2%ni tashkil qildi
1 dekabr 2021, 12:47

Noyabr oyida inflyatsiya 1,2%ni tashkil qildi

Noyabr oyida inflyatsiya 1,2%ni tashkil qildi. Oziq-ovqat mahsulotlari oy davomida 1,9% ga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,8% ga, aholiga pullik xizmatlar narxlari 0,5% ga qimmatlashdi.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
30 noyabr 2021, 17:45

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 8,05 so‘mga ko‘tarilib, 10 778,98 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi.

O‘zbekistonda uchta quyosh elektr stansiyasini qurishga 15 ta xalqaro kompaniya qiziqish bildirdi
30 noyabr 2021, 17:36

O‘zbekistonda uchta quyosh elektr stansiyasini qurishga 15 ta xalqaro kompaniya qiziqish bildirdi

Energetika vazirligi uchta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha tenderning ilk bosqichida 15 ta xalqaro kompaniyadan ariza kelib tushganini ma’lum qildi. Loyiha Namangan, Buxoro va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVtgacha bo‘lgan stansiyalarni qurishni nazarda tutadi.

UzAuto Motors Captiva 5 avtomobili uchun to‘lovlar qaytarilishi bo‘yicha izoh berdi
30 noyabr 2021, 15:34

UzAuto Motors Captiva 5 avtomobili uchun to‘lovlar qaytarilishi bo‘yicha izoh berdi

UzAuto Motors kompaniyasi xabariga ko‘ra, hozirgacha Captiva 5 avtomobili uchun jami 461 ta shartnoma puli to‘langan bo‘lib, 207 nafar xaridor ushbu avtomobil o‘rniga boshqa transport vaositasini olishga, 161 nafari esa to‘langan mablag‘ni qaytarilishiga qaror qilgan. Shuningdek, 41 nafar mijoz kechadan boshlab kompensatsiya sifatida taqdim etilgan 5 foizlik to‘lov summasini olgan.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
29 noyabr 2021, 17:53

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 9,99 so‘mga ko‘tarilib, 10 787,03 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

Finlyandiya O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistondagi loyihalarni rivojlantirish uchun $28 mln ajratadi
29 noyabr 2021, 17:38

Finlyandiya O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistondagi loyihalarni rivojlantirish uchun $28 mln ajratadi

O‘zbekiston Finlyandiyaning Markaziy Osiyodagi ustuvor hamkorlari ro‘yxatiga kiritilgan. Qirg‘iziston va Tojikiston bilan birgalikda mamlakatga qonun ustuvorligi va iqtisodiy rivojlanish loyihalari uchun uch yil davomida 28 million dollar ajratiladi.

Toshkent yer usti halqa metro liniyalarini qurish uchun 354,3 mln dollar ajratiladi
29 noyabr 2021, 17:36

Toshkent yer usti halqa metro liniyalarini qurish uchun 354,3 mln dollar ajratiladi

Hukumat qarori bilan «Toshkent shahrida yer usti halqa metro liniyalarining qurilishi» loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari tasdiqlandi. Uning qiymati 354,36 mln dollarni tashkil etadi. Loyiha to‘rt yil avval boshlangan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting