2021 yilning yanvar-sentabr oylarida hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p chakana savdo tovar aylanmasi hajmi Toshkent shahriga (25,3 trln so‘m) to‘g‘ri keldi. Bu haqda 29 noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Keyingi o‘rinlardan quyidagi viloyatlar joy olgan:

  • Toshkent viloyati — qariyb 14 trln so‘m,
  • Farg‘ona — 12,1 trln so‘m;
  • Samarqand — 11,3 trln so‘m;
  • Andijon — 10,7 trln so‘m;
  • Qashqadaryo — 9,6 trln so‘m.

2021- yilning 9 oyida kichik tadbirkorlik subyektlarining YAIMdagi ulushi 55,7 foizini tashkil etdi. Ushbu davrda kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 135 trln so‘mdan ortiq yoki umumiy chakana savdo tovar aylanmasining 80,8 foizini tashkil etib, o‘sish sur’ati 2020- yilning mos davriga nisbatan 9,1 foizga oshgan.

Shuningdek, 2021 yilning ushbu davrida joriy narxlarda hududlarning yalpi ichki mahsuloti hajmi bo‘yicha ham Toshkent shahri 87,8 trln so‘m bilan yetakchiga aylangandi. Qolgan viloyatlarda ushbu ko‘rsatgich quyidagicha qayd etilgan:

  • Toshkent viloyati — 57,2 trln so‘m;
  • Navoiy viloyati — 42 trln so‘m;
  • Samarqand viloyati — 37,8 trln so‘m;
  • Farg‘ona viloyati — 33,6 trln so‘m;
  • Qashqadaryo viloyati — 31,7 trln so‘m;
  • Andijon viloyati — 30,4 trln so‘m;
  • Buxoro viloyati — 27,4 trln so‘m;
  • Namangan viloyati — 24,1 trln so‘m;
  • Surxondaryo viloyati — 21,4 trln so‘m;
  • Xorazm viloyati — 18,9 trln so‘m;
  • Qoraqalpog‘iston R. — 18,1 trln so‘m;
  • Jizzax viloyati — 15,9 trln so‘m;
  • Sirdaryo viloyati — 11 trln so‘m.

Joriy yilning 10 oyida respublika hududlarining tashqi savdo aylanmasi yuqoriligi bo‘yicha ham Toshkent shahri yuqori o‘rinni egallagan. Yanvar-oktabr oylari davomida poytaxt tashqi savdo aylanmasi 13,2 mlrd dollar bo‘lib, bunda eksport — 3,2 mlrd dollarni, import esa 10 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Hududlarning tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha eng past ko‘rsatkich esa Surxondaryo viloyatiga to‘g‘ri kelgan. Ushbu viloyatda 345 mln dollarlik tashqi savdo aylanmasi kuzatilgan, bunda eksport hajmi — 173 mln dollarni, import hajmi esa — 172 mln dollar hisobida qayd qilingan.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin yanvar-oktabr holatiga O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 32,6 mlrd dollarni tashkil etib, o‘n oylik davrda 7,8 mlrd dollarlik passiv tashqi savdo balansi kuzatilgani haqida xabar berilgandi. Tashqi savdo aylanmasi hajmi 2020 yilning mos davriga nisbatan 8,5 foizga oshganiga qaramay, 2019 yildagi ko‘rsatkichga (34,3 mlrd dollar) yetib kelganicha yo‘q.