3 dekabr kuni mahalliy OAVda O‘zbekistonda yangi ko‘rinishdagi 50 ming va 100 ming so‘mlik banknotlar chiqarilishi haqida xabar tarqaldi. Markaziy bank matbuot xizmati ushbu ma’lumotni «Gazeta.uz»ga tasdiqladi.

Qayd etilishicha, banknotalar yangi dizaynda chikariladi va xafsizligi kuchaytiriladi. Banknotalar qachondan boshlab muomalaga kiritilishi bo‘yicha ma’lumot mavjud emas.

Avvalroq, 26 avgustdan boshlab yangi ko‘rinishdagi nominal qiymati 5000 so‘m va 10 000 so‘m bo‘lgan banknot shaklida pul belgilari muomalaga chiqarilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Mazkur banknotlar mavzusi (tematikasi) «Buyuk Ipak yo‘li» hamda mamlakat hududidagi qadimiy Samarqand va Toshkent shaharlari tarixiga bag‘ishlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin 14 iyundan boshlab nominal qiymati 2 000 so‘m va 20 000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgilari muomalaga chiqarilishi boshlangandi.