2022-yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun bilan mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara haqining yangi eng kam stavkalari tasdiqlandi. Ushbu stavkalar jismoniy shaxslarning binolar yoki avtomobillarni ijaraga berishdan oladigan daromadlariga soliq solish uchun qo‘llaniladi.

Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tumanlar hamda shaharlarning ommaviy dam olish va (yoki) turizmga ixtisoslashtirilgan ayrim hududlarida ijara to‘lovi bo‘yicha eng kam stavkalarga hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar to‘laydigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan miqdorlariga Toshkent shahri uchun belgilangan miqdorlargacha o‘sib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritish huquqini saqlab qoldi.

Kengashlar 2020-yilda ijara haqining eng kam stavkalariga nafaqat 0,7 dan 1,3 gacha oshirish koeffitsiyentlarini, balki pasaytirish koeffitsiyentlarini ham joriy etish huquqiga ega edi.

Ijaraga beriladigan mol-mulk turi

Belgilangan stavka miqdorini tavsiflovchi ko‘rsatkich

Oylik ijara to‘lovi stavkalarining eng kam miqdorlari, so‘mda

Toshkent

Nukus shahri va viloyat markazlaridagi shaharlar

Boshqa aholi punktlari

1

Uy-joylar:


turar joy

umumiy maydonning 1 kv.metri uchun

15 500

(avval — 14 000)

9 500

(8 500)

4 000

(4 000)

noturar joy

32 000

(29 000)

18 500

(17 000)

7 500

(7 500)

2

Avtomobil transporti:


yengil avtomobil (yo‘lovchilar, bagaj tashishga mo‘ljallangan hamda haydovchi o‘rnini hisoblamaganda, o‘rindiqlari soni 8 tadan ko‘p bo‘lmagan avtotransport vositasi)

1 ta avtotransport vositasi uchun

630 000

(575 000)

mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari

1 250 000

(1 150 000)