AI-80 markazi benzinning narxi bir tonnasi uchun 7,47 mln so‘mgacha arzonlashdi. Bu haqda O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasida matbuot xizmati xabar berdi.

8 yanvar kuni ertalabki sessiyada o‘tkazilgan birja savdolari natijalariga ko‘ra, AI-80 markali benzinning narxi 7 yanvarga qaraganda 6,3 foizga arzonlagan.

AI-80 markali avtomobil benzinning birjadagi narxi bir litri uchun tahminan 5700 so‘mni tashkil qildi.

Ayni paytda birja savdolariga AI-80 markali avtomobil benzini sotuvchi korxonalar tomonidan barqaror ravishda birja savdolariga qo‘yib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Noyabr oyining o‘rtalarida Ai-80 benzin narxi maksimumga yetgandi, biroq, Antimonopoliya qo‘mitasi aralashuvidan keyin pasayib ketdi.

Ayni vaqtda «O‘zbekneftgaz» AJga tegishli AYOQSHlarda «AI-80» markadagi benzin narxi 6500 so‘mdan, xususiy AYOQSHlarda esa narx 7000 so‘m atrofida sotilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Noyabr oyining ikkinchi yarmida mamlakatdagi eng arzon benzinning (AI-80 mahalliy xomashyodan ishlab chiqariladi) narxi «O‘zbekneftgaz» AJ yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 6790−6800 so‘mdan 7390 so‘mgacha oshgandi, boshqa yoqilg‘i quyish shoxobchalarida esa 8000−8200 so‘mgacha yetgandi.

Shundan so‘ng O‘zbekistonda 17 dekabrdan boshlab «O‘zbekneftgaz»ga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida «AI-80» markadagi benzin 6890 so‘mdan arzonlashtirilib, 1 litr yoqilg‘i 6500 so‘m narxida sotuvga chiqarilayotgan edi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farruh Qoraboyev benzin narxining oshish sabablari va narxni tushirish bo‘yicha rejalari haqida ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekneftgaz» AJga qarashli shoxobchalarda 26 noyabr kuni soat 20:30dan boshlab Ai-80 markadagi benzinning 1 litri 6890 so‘mdan sotuvga chiqariladi. Qayd etilishicha, respublika hududidagi «O‘zbekneftgaz»ning barcha AYOQSHlarda benzin bo‘lishi ta’minlanadi.

Davlat statistika qo‘mitasining sentabr oyi ma’lumотлариga ko‘ra, yil boshidan beri benzin narxi 28,2 foizga, propan esa — 27,3 foizga oshgan.

oktabr oyida Ai-91 narxi 9400 so‘mga, Ai-92 — 9100 so‘mgacha, Ai-95 — 11200 so‘mgacha ko‘tarilgan edi. O‘zbekistonga yoqilg‘i asosan Rossiya (139 million litr), Turkmaniston (121 million), Qozog‘iston (16 million) va Iroqdan (3,6 million) import qilinadi.