Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 dekabr kuni O‘zbekistonning 2022 yilgi davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan mamlakatga olib kirilayotganda 2022 yil 31 dekabrga qadar bojxona to‘lovlarining nol stavkalari qo‘llaniladigan besh toifadagi tovarlar ro‘yxati tasdiqlandi.

TN VED Kodi

Tovar nomi

Qaror qabul qilingunga qadar boj stavkasi (tovarning bojxona qiymatidan foizda).

1.

0207

0105-tovar pozitsiyasida ko‘rsatilgan yangi so‘yilgan, sovutilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi go‘shti va qo‘shimcha ozuqbop mahsulotlar

10

2.

1101 00

Bug‘doy uni yoki bug‘doy-javdar uni (10%)

10

3.

1104

1006-tovar pozitsiyasi ko‘rsatilgan guruchdan tashqari boshqa usullarda qayta ishlangan (masalan, oqshoq yoki yanchilgan ko‘rinishda po‘sti tozalangan, bosilgan, yorma qilib qayta ishlov berilgan, oqlangan) boshoqli donlar

butun, yorma ko‘rinishida bosilgan yoki yanchilgan boshoqli don murtagi

10

4.

1512

Kimyoviy tarkibi o‘zgartirilmagan holda tozalangan yoki tozalanmagan kungaboqar, maxsar yoki paxta moyi va ularning fraksiyalari

5

5.

3401

Sovun;

tarkibiga sovun qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan, bruslar shaklidagi yoki qoliplanmagan buyumlar ko‘rinishidagi sovun sifatida ishlatiladigan yuzaga faol ta’sir ko‘rsatuvchi organik moddalar va vositalar
suyuqlik yoki kres ko‘rinishidagi va chakana sotish uchun qadoqlangan, tarkibiga sovun qshilgan yoki qo‘shilmagan, yuzaga faol ta’sir ko‘rsatuvchi organik moddalar va terini yuvish vositalari;

20, biroq 0,50 doll./kg

3402

Yuzaga faol ta’sir ko‘rsatuvchi organik moddalar (sovundan tashqari);

tarkibiga sovun qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan (3401-tovar pozitsiyasidan tashqari) yuzaga faol ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar, yuvish vositalari (shu jumladan, yordamchi yuvish vositalari) va tozalash vositalari

20, biroq 0,50 doll./kg

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning 1 mayidan boshlab o‘simlik moyi, kungaboqar urug‘lari hamda zig‘ir va soya importi, shuningdek, o‘simlik moyini ishlab chiqarish va (yoki) sotish aylanmasiga (paxta yog‘idan tashqari) QQS stavkasi nolga tenglashtirilgan edi.

10 oktabrdan 31 dekabrgacha go‘sht (mol, qo‘zi, tovuq), tirik hayvonlar (chorvachilik va parranda) va ularning so‘yish mahsulotlari, kartoshka va muzlatilgan baliqlarni O‘zbekistonga olib kirishda ham QQS to‘lashdan ozod etildi.

Hukumat parlamentga mazkur oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirish va sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘ining nol stavkasini to‘rt oyga uzaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritdi.