2021 yilda O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga 20,14 ming kishi ko‘chib ketgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

2021 yil yanvar-dekabr oylarida respublika bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 256 814 kishi, shu jumladan respublikaning boshqa hududlaridan ko‘chib kelganlar 254 939 kishi, xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlar esa 1875 kishini tashkil etdi. Shu bilan birga, ko‘chib ketganlar soni jami 275 079 kishi, jumladan, respublikaning boshqa hududlariga ko‘chib ketganlar 254 939 kishini tashkil etdi. Migratsiya saldosi esa minus 18 265 kishiga teng bo‘ldi.

O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlarning asosiy qismi Qozog‘iston (jami xorijdan ko‘chib kelganlarga nisbatan 56,6%), Rossiya (30,5%), Tojikiston (3,7%), Qirg‘iziston (2,3%), Ukraina (1,6%) va boshqa mamlakatlar (5,3%) hissasiga to‘g‘ri kelgan.



2021 yilning yanvar-dekabr oylarida 275,1 mingta ko‘chib ketganlar qayd etilgan bo‘lib, har 1000 aholiga ko‘chib ketish koeffitsiyenti 7,9 promilleni tashkil etgan hamda 2020 yilga nisbatan 2,0 promillega oshgani kuzatilgan (2020 yilning yanvar-dekabr oylarida 5,9 promille bo‘lgan). Bundan ko‘rinadiki, O‘zbekistonda 2021 yilda ko‘chib ketish koeffitsiyenti qariyb 3 baravarga pasaygan.

2000 — 2020 yillarda O‘zbekistondan 1 107 854 nafar fuqaro xorijiy davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketgan. 20 yil ichida mamlakatga ko‘chib kelgan xorijliklar soni esa 11 baravar kam — 99 341 kishi.