Iqtisodiyot

«Gazimiz uchta O‘zbekistonni boqa oladi» — energetika vaziri
9 fevral 2021, 17:04

«Gazimiz uchta O‘zbekistonni boqa oladi» — energetika vaziri

Hozirgi gaz hajmi uchta O‘zbekiston uchun yetarli, deya ma’lum qildi energetika vaziri Alisher Sultonov. U aholi energiya manbalariga oqilonalik bilan munosabatda bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 95 million aholisi bo‘lgan va ishlab chiqarish rivojlangan Turkiya ham, 35 million aholisi bo‘lgan O‘zbekiston ham yiliga 45 milliard kubometr gaz iste’mol qiladi.

O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston temir yo‘l qurilishi bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni imzoladilar
9 fevral 2021, 15:33

O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston temir yo‘l qurilishi bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni imzoladilar

O‘zbek-afg‘on-pokiston muzokaralari natijasida deyarli 600 km uzunlikdagi «Mozori-Sharif — Kobul — Peshavor» temir yo‘llarini qurish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» qabul qilindi. Loyihani amalga oshirish uchun 5 yil ketishi mumkin. Bunga 4,8 mlrd dollar kredit mablag‘larini jalb qilish rejalashtirilmoqda.

Chirchiqda IKEA mebel fabrikasi quriladi
9 fevral 2021, 12:55

Chirchiqda IKEA mebel fabrikasi quriladi

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida IKEA kompaniyasnining innovatsion mebel ishlab chiqarish fabrikasi quriladi. 52 mln dollarga baholangan loyiha uchun 5,5 gektar yer ajratiladi.

Andijon viloyatida $1,4 mlrd, Toshkent viloyatida $1,6 mlrdlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi
9 fevral 2021, 10:43

Andijon viloyatida $1,4 mlrd, Toshkent viloyatida $1,6 mlrdlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

Andijon viloyatida trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi 126 million yevrolik to‘qimachilik kompleksi ishga tushiriladi. Toshkent viloyatida velosipedlar ishlab chiqariladi. Shu va boshqa investitsiya loyihalari prezidentga taqdimot qilindi.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
8 fevral 2021, 12:29

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 9 so‘mga arzonladi va jami 10 530 so‘m etib belgilandi. Yevro ham biroz pasaydi, rubl kursi esa qimmatladi.

Farg‘ona viloyatida 17 trln so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi
5 fevral 2021, 17:15

Farg‘ona viloyatida 17 trln so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

Farg‘ona viloyatidagi 76 ta sektorning har birida iqtisodiy kompleksning boshqaruv ofislari tashkil etiladi. 2021−2022 yillarda 949 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Cho‘l joylar, yaylov va adirliklarda 33 ming gektar yer o‘zlashtiriladi. Bundan tashqari, 16 ta oilaviy shifokorlik punkti va oilaviy poliklinikalarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Raqamli infratuzilmani rivojlantirish uchun $2,5 mlrd jalb qilinadi — Abdulla Aripov
5 fevral 2021, 16:02

Raqamli infratuzilmani rivojlantirish uchun $2,5 mlrd jalb qilinadi — Abdulla Aripov

O‘zbekistonda raqamli infratuzilmani rivojlantirish uchun yaqin ikki yil ichida 2,5 mlrd dollar jalb etiladi, deya ma’lum qildi bosh vazir Abdulla Aripov Olmaota shahridagi forumda. Ushbu mablag‘lar mobil aloqani modernizatsiya qilish, elektron hukumatni rivojlantirish va boshqa vazifalarga sarflanadi.

Yanvar oyida ishbilarmonlik muhiti yaxshilandi — ITIM
4 fevral 2021, 12:54

Yanvar oyida ishbilarmonlik muhiti yaxshilandi — ITIM

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi so‘rovining natijalariga ko‘ra, yanvar oyida ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichi yaxshilangan. Eng sezilarli o‘sish qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida kuzatilgan.

Iste’mol savati bir kishi uchun bir oyda 2 mln 157 ming so‘mni tashkil etdi
3 fevral 2021, 14:57

Iste’mol savati bir kishi uchun bir oyda 2 mln 157 ming so‘mni tashkil etdi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi dekabr oyida o‘tkazgan o‘rganishlar natijasida iste’mol savati bir kishi uchun bir oyda 2 mln 157 ming so‘mni tashkil etmoqda. Unga ko‘ra, bir insonning oylik non iste’moli 10 donani tashkil etmoqda.

Farg‘onada yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodi ishchilari ishsiz qolishdan xavotirda
1 fevral 2021, 17:04

Farg‘onada yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodi ishchilari ishsiz qolishdan xavotirda

Farg‘ona viloyatidagi Oltiariq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodi ishchilari deyarli 11 oydan beri korxonaga xom ashyo yetkazilmaganligini, ish to‘xtab qolib, mart oyidan ishchilar soni qisqartirilishi mumkinligini aytmoqda. Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi rahbariyati «Daryo» nashriga zavod yopilmasligini, ish o‘rinlari qisqartirilishi, lekin xodimlar ishdan bo‘shatilmasligini ma’lum qilgan.

Yanvar oyida inflyatsiya 1% ni tashkil etdi
1 fevral 2021, 14:56

Yanvar oyida inflyatsiya 1% ni tashkil etdi

Yanvar oyida inflyatsiya 1% ni tashkil etdi. Oziq-ovqat mahsulotlari 1,2 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,5 foizga, xizmatlar 1,4 foizga qimmatlashdi. Inflyatsiyaning asosiy omillaridan biri mevalar va sabzavotlar narxlarining mavsumiy o‘sishi bo‘ldi.

O‘zbekistonga 2020 yilda avtomobillar importi eksportga nisbatan 2,3 baravarga ko‘p bo‘lgan
1 fevral 2021, 13:37

O‘zbekistonga 2020 yilda avtomobillar importi eksportga nisbatan 2,3 baravarga ko‘p bo‘lgan

2020 yilda O‘zbekistondan avtomobillar eksporti pul ko‘rinishida 30,4 foizga, ya’ni 208,7 mln dollarga yetdi. Avtomobillar importi 2,3 baravarga ko‘p bo‘ldi. UzAuto Motors tomonidan eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil modeli — Cobalt.

Dollar kursi ketma-ket to‘rtinchi hafta qimmatlamoqda
1 fevral 2021, 12:28

Dollar kursi ketma-ket to‘rtinchi hafta qimmatlamoqda

Dollarning rasmiy kursi 21 so‘mga qimmatladi va jami 10 540 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz pasaydi.

«Texnopark» suv hisoblagichlarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
1 fevral 2021, 12:12

«Texnopark» suv hisoblagichlarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

«Texnopark» kompaniyasi elektron suv hisoblagichlarini ishlab chiqarishi mumkin. Loyiha qiymati 77,7 mlrd so‘mni tashkil etadi. Hokimlik tomonidan tashkil etilgan kompaniya aqlli gaz hisoblagichlari, kir yuvish mashinalari, muzlatgichlar, liftlar va boshqa texnika vositalarini ishlab chiqaradi.

Valyutalarning rasmiy kursi kunlik belgilanadi
29 yanvar 2021, 15:14

Valyutalarning rasmiy kursi kunlik belgilanadi

Markaziy bank endilikda valyutalar kursini har bank ish kunida belgilab boradi. Hozir valyutalar kursi har seshanba kuni yangilanadi.

2020 yilda o‘rtacha ish haqi 14,8 foizga o‘sib, 2,67 mln so‘mni tashkil etdi
28 yanvar 2021, 19:26

2020 yilda o‘rtacha ish haqi 14,8 foizga o‘sib, 2,67 mln so‘mni tashkil etdi

2020 yilda respublika bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi 2,67 mln so‘mni tashkil etib, 2019 yilga nisbatan 14,8 foizga o‘sdi. O‘zbekiston bo‘yicha eng yuqori ish haqi Toshkent shahri (3,99 mln so‘m), hamda Navoiy (3,5 mln) va Toshkent (2,87 mln so‘m) viloyatlarida qayt etilgan.

2020 yilda O‘zbekiston YAIMining hajmi 1,6 foizga oshgan
26 yanvar 2021, 18:04

2020 yilda O‘zbekiston YAIMining hajmi 1,6 foizga oshgan

2020 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi 580,2 trln so‘mni tashkil qildi. 2019 yil bilan solishtirganda o‘sish 1,6% ni tashkil qilgan.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
25 yanvar 2021, 12:16

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 18 so‘mga qimmatladi va jami 10 519 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham biroz ko‘tarildi, rubl esa arzonladi.

Markaziy bank asosiy foiz stavkasini o‘zgarishsiz qoldirdi
21 yanvar 2021, 12:28

Markaziy bank asosiy foiz stavkasini o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy banki boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. 2021 yilda YAIMning real o‘sishi 4,5−5,5 foiz darajasida bo‘lishi, inflyatsiya darajasining 9,0−10,0 foizga qadar yanada pasayishi kutilmoqda.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari birdaniga oshdi
21 yanvar 2021, 11:58

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari birdaniga oshdi

O‘zbekiston Oltin-valyuta zaxiralari 2021 yil boshlanganidan beri birdaniga oshdi. 1 yanvar holati bo‘yicha O‘zbekiston rasmiy zaxira aktivlari 34,9 mlrd dollarni, xalqaro zaxiralari esa 33,8 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting