Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 26 yanvardan kuchga kiradi:

  • 1 AQSH dollari 18,18 so‘mga qimmatladi, 10 518,99 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 115,58 so‘mga ko‘tarildi va 12 798,46 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 2,94 so‘mga arzonladi va 139,72 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta ham dollar kursi 27 so‘mga qimmatlab, jami 10 500 so‘mni tashkil qilgandi.