O‘zbekistonda 2021 yil yanvar oyidagi biznesning hozirgi holati ko‘rsatkichi 50 punktni tashkil etdi va dekabrga nisbatan 17 punktga o‘sdi. Bu tadbirkorlar o‘z biznesining joriy holati bilan bog‘liq ishbilarmonlik kayfiyati o‘rta darajada ijobiy ekanligini anglatadi. Bu Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) so‘rovi natijalaridan kelib chiqadi.

1005 korxona ishtirokidagi o‘rganish ikki yo‘nalishda olib borilgan: biznesning hozirgi holatini sifatli baholash va tadbirkorlarning keyingi 2−3 oy ichida o‘z bizneslarini rivojlantirish istiqbollariga bo‘lgan umidlari.

Yanvar oyida qishloq xo‘jaligi sohasidagi hozirgi holat ko‘rsatkichi pandemiya boshlanganidan beri rekord 45 pog‘onaga ko‘tarildi, qurilish sohasida o‘sish 30 punktni, sanoat sohasida 4 punktni tashkil etdi. Xizmatlar sohasida 3 punktga eng kichik o‘sish qayd etilgan.

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, so‘rovda qatnashgan 1005 korxonadan 38 foizi o‘z biznesining hozirgi holatini «yaxshi», 45 foizi — «qoniqarli» va atigi 17 foizi «yomon» deb baholagan.

Respondentlarning 42 foizi tovar / xizmatlarga talab «yaxshilangan», 45% — «o‘zgarmagan», 13% — «yomonlashgan» deb javob berishdi. Xodimlar soni korxonalarning 18% — «o‘sdi», 74% — «o‘zgarmadi», 8% — «kamaygan», deb hisoblashgan.

Keyingi 3 oy ichida biznesni rivojlantirish istiqbollarini kutish ko‘rsatkichi 89 punktni tashkil etdi va 16 punktga oshdi. Qishloq xo‘jaligi sohasidagi istiqbollarni kutish ko‘rsatkichlari 5 punktga; sanoat 26 punktga; qurilish 19 punktda; xizmatlar mos ravishda 14 punktga o‘sishni ko‘rsatdi.

Korxonalarning 79% o‘z biznesining istiqbollari «yaxshilanadi» deb taxmin qilishgan, 20% bu «o‘zgarmaydi» va faqat 1% «yomonlashuv»ni belgilashgan.

73% korxonalarda tovarlarga / xizmatlarga talab «yaxshilanadi» deb kutilmoqda, 25% — «o‘zgarmaydi», 2% esa talab «yomonlashishini» bashorat qilmoqda.

Kelgusi uch oy ichida korxonalarning yarmidan ko‘pi ishchilar sonini «ko‘paytirishni» rejalashtirmoqda (66%), respondentlarning 33% esa ishchilar soni «o‘zgarmaydi» va faqat 1% «kamayadi» deb javob berishdi.

Korxonalarning 22% o‘z tovarlari / xizmatlari narxlarining «o‘sishini» bashorat qilmoqda, 28% — narxlar «o‘zgarmaydi», 2% — narxlarning «pasayishini» kutmoqda, 48% — esa narxlari qanday «bilmayman», deb javob berishgan.

Ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichi ketma-ket ikkinchi oyda o‘rtacha o‘sishni ko‘rsatmoqda va yanvar oyida 17 pog‘onaga o‘sib, 69 pog‘onani tashkil etdi. Ya’ni, ekspertlar mamlakatdagi ishbilarmonlik muhitining holatini «yaxshi» deb baholaydilar, deya ta’kidlaydi ITIM.

ITIM infografikasi.

26 punktga sezilarli o‘sishni qishloq xo‘jaligidagi ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichi ko‘rsatdi, sanoatda o‘sish 14 punktni tashkil etdi, qurilish va xizmat ko‘rsatishda mos ravishda 25 va 9 punktga o‘sish qayd etildi.

ITIM ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar oyida ishbilarmonlik muhitining o‘xshash ko‘rsatkichlarini baholash asosiy hamkor mamlakatlar uchun quyidagicha joylashgan: Turkiya (7), Xitoy (1,3) va Janubiy Koreya (-15).