Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi 580,2 trln so‘mni tashkil qildi. 2019 yil bilan solishtirganda o‘sish 1,6% ni tashkil qilgan.

Unga ko‘ra, mahsulotlarning qiymati 341,5 trln so‘m, xizmatlar esa 194,4 trln so‘mni, shuningdek, soliqlar 44,3 trln so‘mni tashkil qildi.

Aholi jon boshiga hisoblangan YAIMning hajmi esa 16,9 mln so‘mni tashkil qilgan. Bu 2019 yilgigaqaraganda 0,3 foizga balandroq.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil aprelida Jahon banki O‘zbekiston YAIMining o‘sish darajasi 1,6% bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar bergan edi. Keyinchalik Jahon banki O‘zbekiston YAIM hajmining o‘sishi bo‘yicha prognozini 1,6 foizdan 1,5 foizgacha pasaytirdi.

Shuningdek, yanvar oyi boshida Jahon banki O‘zbekiston YAIM hajmi 2021 yil 4,3%ga, 2022 yilda 4,5% ga o‘sishi kutilmoqda deya xabar berdi.