Iqtisodiyot

Iste’mol savati bir kishi uchun bir oyda 2 mln 157 ming so‘mni tashkil etdi
3 fevral 2021, 14:57

Iste’mol savati bir kishi uchun bir oyda 2 mln 157 ming so‘mni tashkil etdi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi dekabr oyida o‘tkazgan o‘rganishlar natijasida iste’mol savati bir kishi uchun bir oyda 2 mln 157 ming so‘mni tashkil etmoqda. Unga ko‘ra, bir insonning oylik non iste’moli 10 donani tashkil etmoqda.

Farg‘onada yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodi ishchilari ishsiz qolishdan xavotirda
1 fevral 2021, 17:04

Farg‘onada yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodi ishchilari ishsiz qolishdan xavotirda

Farg‘ona viloyatidagi Oltiariq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodi ishchilari deyarli 11 oydan beri korxonaga xom ashyo yetkazilmaganligini, ish to‘xtab qolib, mart oyidan ishchilar soni qisqartirilishi mumkinligini aytmoqda. Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi rahbariyati «Daryo» nashriga zavod yopilmasligini, ish o‘rinlari qisqartirilishi, lekin xodimlar ishdan bo‘shatilmasligini ma’lum qilgan.

Yanvar oyida inflyatsiya 1% ni tashkil etdi
1 fevral 2021, 14:56

Yanvar oyida inflyatsiya 1% ni tashkil etdi

Yanvar oyida inflyatsiya 1% ni tashkil etdi. Oziq-ovqat mahsulotlari 1,2 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,5 foizga, xizmatlar 1,4 foizga qimmatlashdi. Inflyatsiyaning asosiy omillaridan biri mevalar va sabzavotlar narxlarining mavsumiy o‘sishi bo‘ldi.

O‘zbekistonga 2020 yilda avtomobillar importi eksportga nisbatan 2,3 baravarga ko‘p bo‘lgan
1 fevral 2021, 13:37

O‘zbekistonga 2020 yilda avtomobillar importi eksportga nisbatan 2,3 baravarga ko‘p bo‘lgan

2020 yilda O‘zbekistondan avtomobillar eksporti pul ko‘rinishida 30,4 foizga, ya’ni 208,7 mln dollarga yetdi. Avtomobillar importi 2,3 baravarga ko‘p bo‘ldi. UzAuto Motors tomonidan eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil modeli — Cobalt.

Dollar kursi ketma-ket to‘rtinchi hafta qimmatlamoqda
1 fevral 2021, 12:28

Dollar kursi ketma-ket to‘rtinchi hafta qimmatlamoqda

Dollarning rasmiy kursi 21 so‘mga qimmatladi va jami 10 540 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz pasaydi.

«Texnopark» suv hisoblagichlarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
1 fevral 2021, 12:12

«Texnopark» suv hisoblagichlarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

«Texnopark» kompaniyasi elektron suv hisoblagichlarini ishlab chiqarishi mumkin. Loyiha qiymati 77,7 mlrd so‘mni tashkil etadi. Hokimlik tomonidan tashkil etilgan kompaniya aqlli gaz hisoblagichlari, kir yuvish mashinalari, muzlatgichlar, liftlar va boshqa texnika vositalarini ishlab chiqaradi.

Valyutalarning rasmiy kursi kunlik belgilanadi
29 yanvar 2021, 15:14

Valyutalarning rasmiy kursi kunlik belgilanadi

Markaziy bank endilikda valyutalar kursini har bank ish kunida belgilab boradi. Hozir valyutalar kursi har seshanba kuni yangilanadi.

2020 yilda o‘rtacha ish haqi 14,8 foizga o‘sib, 2,67 mln so‘mni tashkil etdi
28 yanvar 2021, 19:26

2020 yilda o‘rtacha ish haqi 14,8 foizga o‘sib, 2,67 mln so‘mni tashkil etdi

2020 yilda respublika bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi 2,67 mln so‘mni tashkil etib, 2019 yilga nisbatan 14,8 foizga o‘sdi. O‘zbekiston bo‘yicha eng yuqori ish haqi Toshkent shahri (3,99 mln so‘m), hamda Navoiy (3,5 mln) va Toshkent (2,87 mln so‘m) viloyatlarida qayt etilgan.

2020 yilda O‘zbekiston YAIMining hajmi 1,6 foizga oshgan
26 yanvar 2021, 18:04

2020 yilda O‘zbekiston YAIMining hajmi 1,6 foizga oshgan

2020 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi 580,2 trln so‘mni tashkil qildi. 2019 yil bilan solishtirganda o‘sish 1,6% ni tashkil qilgan.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
25 yanvar 2021, 12:16

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 18 so‘mga qimmatladi va jami 10 519 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham biroz ko‘tarildi, rubl esa arzonladi.

Markaziy bank asosiy foiz stavkasini o‘zgarishsiz qoldirdi
21 yanvar 2021, 12:28

Markaziy bank asosiy foiz stavkasini o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy banki boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. 2021 yilda YAIMning real o‘sishi 4,5−5,5 foiz darajasida bo‘lishi, inflyatsiya darajasining 9,0−10,0 foizga qadar yanada pasayishi kutilmoqda.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari birdaniga oshdi
21 yanvar 2021, 11:58

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari birdaniga oshdi

O‘zbekiston Oltin-valyuta zaxiralari 2021 yil boshlanganidan beri birdaniga oshdi. 1 yanvar holati bo‘yicha O‘zbekiston rasmiy zaxira aktivlari 34,9 mlrd dollarni, xalqaro zaxiralari esa 33,8 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.

Pandemiya davrida tadbirkorlarga berilgan ayrim imtiyozlar 2021 yil oxirigacha saqlab qolinishi mumkin
18 yanvar 2021, 21:18

Pandemiya davrida tadbirkorlarga berilgan ayrim imtiyozlar 2021 yil oxirigacha saqlab qolinishi mumkin

Prezident farmoni bilan pandemiya davrida tadbirkorlarga berilgan ayrim imtiyozlar 2021 yil oxirigacha saqlab qolish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, 20 mingta tadbirkorning 400 mlrd so‘m solig‘i to‘lovi kechiktiriladi. Loyiha muhokamasi 27 yanvarga qadar davom etadi.

Elektr energiyasi va gaz importi bo‘yicha monopoliyani bekor qilish rejalashtirilmoqda
18 yanvar 2021, 18:24

Elektr energiyasi va gaz importi bo‘yicha monopoliyani bekor qilish rejalashtirilmoqda

Prezident farmoni loyihasiga muvofiq, 1-martdan gaz importi uchun belgilangan bojxona bojini bekor qilish, elektr energiyasi va gaz ulgurji bozorini shakllantirish orqali sohadagi monopoliyani bekor qilish rejalashtirilmoqda.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi va 10 500 so‘mdan oshdi
18 yanvar 2021, 12:22

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi va 10 500 so‘mdan oshdi

Dollarning rasmiy kursi 27 so‘mga qimmatladi va jami 10 500 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham biroz ko‘tarildi, yevro esa arzonladi.

O‘zbek so‘mi bir yilda dollarga nisbatan 10,1 foizga qadrsizlandi
15 yanvar 2021, 21:02

O‘zbek so‘mi bir yilda dollarga nisbatan 10,1 foizga qadrsizlandi

Markaziy bankning ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil davomida milliy valyuta dollarga nisbatan 10,1 foizga qadrsizlandi. Bunga pandemiya, chet el valyutasiga talabning o‘sishi kabi omillar ta’sir qilgan.

Energetika vazirligi Afg‘onistonga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi bo‘yicha izoh berdi
13 yanvar 2021, 17:28

Energetika vazirligi Afg‘onistonga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi bo‘yicha izoh berdi

Afg‘onistonga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi O‘zbekistonning ichki bozoriga salbiy ta’sirini oldini olish maqsadida qo‘shni mamlakatlardan elektr energiya import qilinmoqda. Uning bir qismigina Afg‘onistonga eksport qilinishini Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Nurafshonda harbiy va maxsus texnika ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda
13 yanvar 2021, 09:52

Nurafshonda harbiy va maxsus texnika ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda

Krantas Group va To‘ytepa metallokonstruksiyalar zavodi Toshkent viloyatida harbiy va maxsus texnika ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Jumladan, yengil zirxli avtomobillar, avtotsisterna, traktorlar, yuk va axlat tashuvchi, qor tozalovchi va boshqa mashinalarni ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Prezidentga taqdimot qilingan loyiha 55 mln dollarga baholanmoqda.

O‘zbekistonda islom moliyasiga asoslangan nobank kredit tashkilotlari ochiladi
12 yanvar 2021, 22:49

O‘zbekistonda islom moliyasiga asoslangan nobank kredit tashkilotlari ochiladi

Markaziy bank islom moliyasi konsepsiyasini o‘z ichiga olgan nobank kredit tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishni rejalashtirmoqda. Nobank tashkilotlarga ko‘proq xizmatlar ko‘rsatish huquqi beriladi.

Eski namunadagi qog‘oz pul va tangalarni almashtirish muddati 2022 yil 1 yanvargacha uzaytirildi
12 yanvar 2021, 17:12

Eski namunadagi qog‘oz pul va tangalarni almashtirish muddati 2022 yil 1 yanvargacha uzaytirildi

Eski namudagi banktnotalar va tangalarni amaldagi pul belgilariga almashtirib berishning oxirgi muddati 2022 yil 1 yanvar etib belgilandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting