Iqtisodiyot

Forbes 2022-yil uchun dunyo milliarderlari reytingini e’lon qildi
5 aprel 2022, 21:44

Forbes 2022-yil uchun dunyo milliarderlari reytingini e’lon qildi

Forbes’ning 2022-yilgi milliarderlar reytingida SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask 219 mlrd dollar bilan 1-o‘rinni egalladi. Fransuaza Bettankur Mayers (74,8 mlrd dollar) dunyoning eng boy ayoli bo‘ldi. Shuningdek, Rossiyaning Top-15 milliarderlari boyligining kamaygani qayd etildi. Dunyoning eng ko‘p milliarderlari yashaydigan shaharlari va davlatlari ro‘yxati ham e’lon qilindi.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
5 aprel 2022, 20:32

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 23,43 so‘mga arzonlab, 11 385,07 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.

Maishiy texnikalarni markirovkalash aprel oyida boshlanadi
5 aprel 2022, 16:16

Maishiy texnikalarni markirovkalash aprel oyida boshlanadi

15 apreldan maishiy texnika vositalarini majburiy raqamli markirovkalash joriy etiladi.

Ko‘chmas mulk ijara shartnomasi faqat elektron shaklda hisobga qo‘yiladi
5 aprel 2022, 12:13

Ko‘chmas mulk ijara shartnomasi faqat elektron shaklda hisobga qo‘yiladi

Ko‘chmas mulk ijara shartnomasi endilikda faqat elektron shaklda hisobga qo‘yiladi. Hukumat tasdiqlagan ma’muriy reglamentga ko‘ra, ijaraga beruvchi ko‘chmas mulk shartnomasini tuzilganidan 3 kundan kechiktirmay soliq organida hisobga qo‘yishi, ijarachi esa uni besh kun ichida tasdiqlashi shart.

Intellektual mulkning buzilishiga qarshi kurash biznesni bo‘g‘ish deb hisoblanar ekan, bu norozilikni keltirib chiqaraveradi — IMA
5 aprel 2022, 10:50

Intellektual mulkning buzilishiga qarshi kurash biznesni bo‘g‘ish deb hisoblanar ekan, bu norozilikni keltirib chiqaraveradi — IMA

Intellektual mulk agentligi yirik kompaniyalar vakillari o‘z brendlarini soxtalashtirilishdan qanday himoya qilishlari haqidagi fikrlarini o‘rtoqlashgan «Gazeta.uz» materialiga javoban, qalbakilashtirishga qarshi qanday choralar ko‘rilayotgani va nima uchun huquqbuzarliklarga qat’iy jazo qo‘llashdan o‘zini tiyib turganini ma’lum qildi.

«Tashabbusli budjet» loyihasining ilk mavsumi g‘oliblari e’lon qilindi
4 aprel 2022, 23:05

«Tashabbusli budjet» loyihasining ilk mavsumi g‘oliblari e’lon qilindi

1 aprel kuni «Tashabbusli budjet» loyihasining ilk mavsumi yakunlandi hamda g‘oliblar e’lon qilindi. Natijalarga ko‘ra, ushbu mavsum davomida fuqarolar jo‘natgan jami 70 mingga yaqin tashabbusdan 2215 tasi g‘olib bo‘ldi. Ushbu loyihalarga ovoz berish jarayonlarida esa 6,7 mln kishidan ko‘proq aholi ishtirok etdi. G‘olib deb topilgan tashabbuslarning 34 foizi umumta’lim maktablarini ta’mirlash loyihalari bo‘ldi.

Mart oyida aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari sezilarli oshdi
4 aprel 2022, 22:54

Mart oyida aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari sezilarli oshdi

Mart oyida kelgusi 12 oy uchun aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari mos ravishda 15 foiz va 15,4 foizgacha ko‘tarildi. Respondentlar narxlarga oshiruvchi bosim ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy omillar siftida valyuta kursining o‘zgarishi, yoqilg‘i va transport xizmatlarining narxlari qimmatlashishi kabilarni keltirishgan. Yil boshida MB 2022 yilda inflyatsiya 9 foizdan past bo‘lishini prognoz qilgandi.

O‘zbekiston Fransiya bilan aviaqatnovlarni qayta tiklamoqda
4 aprel 2022, 20:35

O‘zbekiston Fransiya bilan aviaqatnovlarni qayta tiklamoqda

Oradan ikki yil o‘tib Uzbekistan Airways Toshkentdan Parijga bo‘lgan muntazam aviareyslarni qayta tiklamoqda. 29 apreldan 10 iyunga qadar qatnovlar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
4 aprel 2022, 18:24

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 3,89 so‘mga ko‘tarilib, 11 408,50 so‘mga teng bo‘ldi. Yevro va rubl kurslari esa yana pasaydi.

O‘zbekistonda yanvar-fevral oylarida avtomobillar importi 5 barobardan oshdi
4 aprel 2022, 15:31

O‘zbekistonda yanvar-fevral oylarida avtomobillar importi 5 barobardan oshdi

O‘zbekiston ikki oy ichida 18 ta davlatdan besh mingdan ortiq avtomobil import qildi. «Inomarka"lar eng ko‘p Xitoy, Janubiy Koreya va Qozog‘istondan keltirilgan.

Xorazmda 2 ta noqonuniy mayning ferma faoliyati aniqlandi
4 aprel 2022, 10:57

Xorazmda 2 ta noqonuniy mayning ferma faoliyati aniqlandi

Yangibozor tumanida fuqarolar o‘z xonadonida o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanib, noqonuniy kripto-aktivlar mayningi faoliyatini yuritib kelayotgani aniqlandi. Natijada elektr tarmoqlari korxonalari manfaatiga umumiy hisobda 235,1 mln so‘m zarar yetgan. Ularga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

300 mln so‘mlik qalbaki pullarni muomalaga kiritgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
3 aprel 2022, 11:22

300 mln so‘mlik qalbaki pullarni muomalaga kiritgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

DXX Andijonda katta miqdorda qalbaki pullarni ishlab chiqarayotgan shaxslarni qo‘lga oldi. Jinoiy guruhning shu vaqtgacha 300 mln so‘mdan ortiq qalbaki pullarni Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida muomalaga kiritishga ulgurgani aytilmoqda.

Kelgusi oylarda o‘simlik yog‘i narxlarining o‘sishi asosiy muammolardan biriga aylanishi mumkin
3 aprel 2022, 09:57

Kelgusi oylarda o‘simlik yog‘i narxlarining o‘sishi asosiy muammolardan biriga aylanishi mumkin

O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i yillik iste’molining taxminan teng yarmi import hisobidan qoplanadi. Bunday sharoitda global bozorda yuz berayotgan har qanday tebranishlar ichki bozordagi narxga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Dunyo bo‘yicha jami o‘simlik yog‘i eksportining 64% ini ta’minlovchi Ukraina va Rossiyadagi siyosiy-iqtisodiy vaziyat jahon bozorida, shu jumladan, O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i narxlarining keskin o‘sishiga olib kelishi mumkin, deydi iqtisodchi, «Gazeta.uz» kolumnisti Mirkomil Xolboyev.

Toshkent va Bishkek tovar aylanmasini $2 mlrdga yetkazmoqchi
2 aprel 2022, 16:57

Toshkent va Bishkek tovar aylanmasini $2 mlrdga yetkazmoqchi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston tovar aylanmasi hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirayapti. Ikki davlat bosh vazirlari O‘shda chegaradosh viloyatlar hokimlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etdi. Energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, transchegaraviy savdo va boshqa sohalardagi loyihalar muhokama qilindi.

Fitch Ratings 2022-yilda O‘zbekistonning YAIM o‘sish sur’ati prognozini 3,1% gacha pasaytirdi
2 aprel 2022, 13:32

Fitch Ratings 2022-yilda O‘zbekistonning YAIM o‘sish sur’ati prognozini 3,1% gacha pasaytirdi

Fitch Ratings agentligi 2022-yilda O‘zbekistonning real iqtisodiy o‘sish sur’ati prognozini 3,1% gacha pasaytirdi. Prognozlarga ko‘ra, mamlakatda inflyatsiya darajasi 2022-yilda o‘rtacha 12,7% ni, 2023-yilda o‘rtacha 11,6% ni tashkil qilishi kutilmoqda. Agentlik O‘zbekiston suveren kredit reytingini BB- (barqaror kutilma) darajada baholagan.

O‘zbekiston Qozog‘istondan 100 ming tonna bug‘doy va qisman un import qiladi
2 aprel 2022, 11:48

O‘zbekiston Qozog‘istondan 100 ming tonna bug‘doy va qisman un import qiladi

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston aprel-iyul oylarida Qozog‘istondan 100 ming tonna 3-sinf bug‘doyini (bir qismi un) maqbul narxlarda import qiladi. Ichki va tashqi bozorlardagi vaziyatdan kelib chiqib, yana 500 ming tonna bug‘doy xarid qilish rejalashtirilmoqda.

DSQ birinchi chorakda soliq tushumlari ko‘payganini ma’lum qildi
2 aprel 2022, 11:08

DSQ birinchi chorakda soliq tushumlari ko‘payganini ma’lum qildi

O‘zbekiston budjetiga soliq tushumlari miqdori birinchi chorakda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17 foizga oshdi. Shunga qaramasdan, soliq organlaridagi ishida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun 13 ta DSI boshlig‘i ishdan bo‘shatildi, 40 dan ortiq rahbar xodimga intizomiy choralar ko‘rildi.

Muammoli kreditlar soliq to‘lovchilar hisobidan to‘lanishi mumkin
1 aprel 2022, 18:35 1

Muammoli kreditlar soliq to‘lovchilar hisobidan to‘lanishi mumkin

Hukumat 2017−2021 yillarda oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida ajratilgan va qaytarilmagan muammoli kreditlarni mahalliy budjetlarning rejadan oshirib bajarilgan qismidan qoplash masalasini muhokama qilmoqda. 2021-yilning o‘zida ushbu dastur bo‘yicha 2,8 trln so‘m (245,7 mln dollar) miqdoridagi muammoli kreditlar ajratilgan. Avvalroq MB rahbari “imtiyozli kreditlar bor joyda noto‘g‘ri foydalanish tendensiyasi va korrupsiya unsurlari paydo bo‘lishi” haqida ogohlantirgan edi.

Mart oyida inflyatsiya yillik nisbatda 10,5 foizni tashkil qildi
1 aprel 2022, 17:19

Mart oyida inflyatsiya yillik nisbatda 10,5 foizni tashkil qildi

2022 yilning mart oyida inflyatsiya ko‘rsatkichi 1,5 foizni, yillik nisbatda (2021 yilning mart oyiga nisbtan) 10,5 foizga yetdi. Oy davomida shakar narxi 12,8 foizga ko‘tarilgan. Shuningdek, mart oyida un narxi 2 foiz, sut 2,5 foiz, kungaboqar yog‘i 3,1 foiz, paxta yog‘i narxi 2,1 foizga oshgan bo‘lsa, tuxum narxi — 0,9 foizga pasaygan.

Dollarning rasmiy kursi to‘rt kunlik pasayishdan so‘ng ko‘tarildi
1 aprel 2022, 17:11

Dollarning rasmiy kursi to‘rt kunlik pasayishdan so‘ng ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 9,59 so‘mga ko‘tarilib, 11 404,61 so‘mni tashkil qildi. Yevro va rubl kurslari esa pasaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting