Forbes nashri 2022 yil uchun dunyoning eng boy insonlari ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, SpaceX va Tesla’ning asosiy aksiyadori Ilon Mask 219 mlrd dollar bilan birinchi o‘rinni egalladi. Shunday qilib, Ilon Mask ilk marta Forbes’ning yillik milliarderlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.

Ikkinchi o‘rinni esa Amazon kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos 171 mlrd dollar bilan band etdi. Uning boyligi 2021 yildagidan 6 mlrd dollarga kamaygan.

Louis Vuitton Moët Hennessy kompaniyalar guruhi prezidenti Bernard Arno esa 158 mlrd dollarlik boyligi bilan uchinchi o‘rindan joy oldi. Uning boyligi 2021 yildagiga nisbatan 8 mlrd dollarga oshgan.

Forbes bo‘yicha Top-10 milliarderlar

  1. Ilon Mask, 50 yoshda, AQSh, 219 mlrd dollar (2021 yildagiga nisbatan 68 mlrd dollarga oshgan), Tesla, SpaceX;
  2. Jeff Bezos, 58 yoshda, AQSh, 171 mlrd dollar (-6 mlrd dollar), Amazon;
  3. Bernar Arno, 73 yoshda, Fransiya, 158 mlrd dollar (+8), LVMH;
  4. Bill Geyts, 66 yoshda, AQSh, 129 mlrd dollar (+5), Microsoft;
  5. Uorren Baffet, 91 yoshda, AQSh, 118 mlrd dollar (+22), Berkshire Hathaway;
  6. Larri Peyj, 49 yoshda, AQSh, 111 mlrd dollar (+19,5), Google;
  7. Sergey Brin, 48 yoshda, AQSh, 107 mlrd dollar (+18), Google;
  8. Larri Ellison, 77 yoshda, AQSh, 106 mlrd dollar (+13), Oracle;
  9. Stib Balmer, 66 yoshda, AQSh, 91,4 mlrd dollar (+22,7), Microsoft;
  10. Mukesh Ambani, 64 yoshda, Hindiston, 90,7 mlrd dollar (+6,2), Reliance Industries.

Dunyoning Top-10 milliarder ayollari:

  1. Fransuaza Bettankur Mayers, 68 yoshda, Fransiya, 74,8 mlrd dollar, L’Oréal asoschisining nabirasi, umumiy reytingdagi o‘rni — 14:
  2. Elis Uolton, 72 yoshda, AQSh, 65,3 mlrd dollar, Walmart asoschisining yagona qizi, umumiy reytingdagi o‘rni — 18;
  3. Julia Kox, 59 yoshda, AQSh, 60 mlrd dollar, Koch Industries asoschilari oilasining farzandi David Koxning bevasi, umumiy reytingdagi o‘rni — 21;
  4. Makkenzi Skott 51 yoshda, AQSh, 43,6 mlrd dollar, Amazon asoschisi Jeff Bezosning sobiq rafiqasi, umumiy reytingdagi o‘rni — 30;
  5. Jaklin Mars, 82 yoshda, AQSh, 31,7 mlrd dollar, Mars kompaniyasi asoschisining nabirasi, umumiy reytingdagi o‘rni — 41;
  6. Jina Raynhart, 68 yoshda, Avstraliyaning eng boy fuqarosi, 30,2 mlrd dollar, Hancock Prospecting, umumiy reytingdagi o‘rni — 46;
  7. Miriam Adelson, 76 yoshda, AQSh, 27,5 mlrd dollar, Las Vegas Sands kompaniyasi sobiq direktorining bevasi , umumiy reytingdagi o‘rni — 50;
  8. Syuzan Klatten, 59 yoshda, Germaniya, 24,3 mlrd dollar, BMW kompaniyasi asoschilari oilasining farzandi, umumiy reytingdagi o‘rni — 56;
  9. Ayris Fontbona, 79 yoshda, Chili, 22,8 mlrd dollar, chililik tog‘-kon magnati, OAVlar egasi, milliarder Androniko Luksikaning bevasi, umumiy reytingdagi o‘rni — 67;
  10. Ebigeyl Jonson, 60 yoshda, AQSh, 21,2 mlrd dollar, Fidelity Investments sobiq direktorining qizi va hozirgacha otasining o‘rnida ishlaydi, umumiy reytingdagi o‘rni — 75.

Oldingi reytinglarda Top-10'talikda bo‘lgan Facebook asoschisi Mark Sukerberg bu safar ushbu reytingga kirolmadi.

Dunyoning eng yosh ayol milliarderi 25 yoshli Aleksandra Andresen bo‘lib, uning boyligi 1,3 mlrd dollarni tashkil qildi. Eng yosh erkak milliarder esa 19 yoshli Kevin David Lemann bo‘ldi va uning boyligi 2,4 mlrd dollarga teng.

Shuningdek, USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov ushbu ro‘yxatda 167-o‘ringa tushib ketdi (Rossiya bo‘yicha 7-o‘rin). Alisher Usmonovning boyligi bir yil ichida 18,4 mlrd dollardan 11,5 mlrd dollarga kamaygan. Uning boyligi kamayishiga asosiy sabab tadbirkor Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan AQSh, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga uchragani bo‘ldi.

Bundan tashqari, Rossiyaning eng boy Top-15'taligiga kiruvchi barcha tadbirkorlarning boyligi kamaygan. Rus tadbirkorlari orasida Telegram asoschisi Pavel Durov eng kam yo‘qotishga uchradi. Uning boyligi 2,1 mlrd dollarga kamaygan bo‘lsa-da, u 15,1 mlrd dollar bilan Rossiya milliarderlari reytingida 3-o‘ringa ko‘tarildi.

Urush, pandemiya va sustlashgan bozorlar bu yil dunyo milliarderlariga ziyon keltirdi, deyiladi Forbes nashri xabarida.

Forbes’ning bu yilgi dunyoning eng boy odamlari reytingidan 2668 nafar milliarderlar joy oldi. Ushbu ko‘rsatkich 2021 yilga nisbatan 87 nafarga kamaygan. Ularning umumiy boyligi esa 12,7 trln dollarni tashkil qildi, bu 2021 yilga nisbatan 400 mlrd dollarga pastroqdir.

Eng keskin pasayish Rossiyada sodir bo‘ldi. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan mamlakatda milliarderlar soni o‘tgan yilga nisbatan 34 taga kam bo‘lgan. Shuningdek, Xitoy hukumati texnologiyaga qarshi keskin choralar ko‘rgani sababli ro‘yxatda 87 nafar xitoylik milliarder kamaydi.

Shunday bo‘lsa-da, yil davomida 236 nafar yangi milliarderlar paydo bo‘ldi. Ular orasida 34 yoshli pop yulduzi Rihanna (1,7 mlrd dollar) ham bor. Fenty Beauty kosmetika liniyasi va Savage X Fenty ichki kiyim biznesidagi ulushlari uning Barbadosdagi birinchi milliarderga aylanishiga yordam bergan .Shu bilan birga, “Uzuklar hukmdori” kinotrilogiyasi rejissyori Piter Жексон (1,5 mlrd dollar) 2021 yil noyabr oyida Weta raqamli film effektlari do‘konidagi ulushini Unity Software kompaniyasiga 975 mln dollarga sotgani ortidan milliarderga aylandi.

Dunyoning eng ko‘p milliarderlari yashaydigan Top-5 shahar

#1- Nyu-York, AQSh.

Foto: RIA Novosti

  • Milliarderlar soni: 106 kishi;
  • Umumiy boyligi: 638,4 mlrd dollar.

#2 — Pekin, Xitoy

Foto: Olympics.com

  • Milliarderlar soni: 83 kishi;
  • Umumiy boyligi: 310 mlrd dollar.

Foto: Reuters

  • Milliarderlar soni: 67 kishi;
  • Umumiy boyligi: 300,7 mlrd dollar.

#4 — London, Buyuk Britaniya

Foto: RIA Novosti

  • Milliarderlar soni: 65 kishi;
  • Umumiy boyligi: 323 mlrd dollar.

Foto: Wikipedia

  • Milliarderlar soni: 61 kishi;
  • Umumiy boyligi: 187 mlrd dollar.

Top-10'likdan shuningdek, Shenchjen (Xitoy), Moskva (Rossiya), Mumbay (Hindiston), San-Fransisko va Seul (Janubiy Koreya) shaharlari ham joy olgan.

AQSh hamon dunyodagi eng ko‘p milliarderga ega mamlakat bo‘lib qolmoqda. Mamlakatdagi 735 milliarderning umumiy boyligi 4,7 trln dollarga teng. Xitoy (shu jumladan, Makao va Gonkong) ikkinchi o‘rinni egallab turibdi, 607 milliarderning umumiy boyligi 2,3 trln dollarni tashkil qilgan.

Reytingni tuzishda 2022 yil 11 martdan boshlab birja narxlari va valyuta kurslaridan foydalanilgan.