Koronavirus

“Sariq” va “yashil” hududlar o‘rtasida avtobuslar qatnoviga ruxsat beriladi
4 iyun 2020, 08:10

“Sariq” va “yashil” hududlar o‘rtasida avtobuslar qatnoviga ruxsat beriladi

15 iyundan “sariq” va “yashil” hududlar o‘rtasida avtobuslar qatnoviga ruxsat beriladi. Bunda, avtobus yakuniy bekatda dezinfeksiya qilinishi, salonga faqat niqobdagi yo‘lovchilarni kiritish va haydovchilarni ham himoya vositalari bilan ta’minlash talab etiladi.

15 iyundan ayrim hududlarda buyum bozorlari va ovqatlanish obyektlari faoliyati tiklanadi
4 iyun 2020, 07:50

15 iyundan ayrim hududlarda buyum bozorlari va ovqatlanish obyektlari faoliyati tiklanadi

15 iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda umumiy ovqatlanish obyektlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va buyum bozorlari faoliyatiga muayyan shartlar asosida ruxsat berilmoqda. Bunda belgilangan shartlarga rioya qilish kerak bo‘ladi.

Mehmonxona va diniy tashkilotlar faoliyatiga ayrim hududlarda ruxsat berildi
4 iyun 2020, 07:30

Mehmonxona va diniy tashkilotlar faoliyatiga ayrim hududlarda ruxsat berildi

5 iyundan boshlab “sariq” hududlarda mehmonxonalar hamda ochiq havodagi restoran va kafelar faoliyatiga ruxsat beriladi. Qo‘shimcha ravishda, “yashil hududlarda” trenajer zallari, ta’lim markazlari, diniy tashkilotlar va madaniyat obyektlari faoliyatiga ma’lum shartlar asosida ruxsat beriladi. Jumladan, masjidlarda namoz vaqtida fuqarolarning oraliq masofasini 1,5 metr etib belgilash kerak bo‘ladi.

Koronavirusdan vafot etganlar soni 16 kishiga yetdi
3 iyun 2020, 22:02

Koronavirusdan vafot etganlar soni 16 kishiga yetdi

72 yoshli koronavirus bemori o‘pka-yurak yetishmovchiligi, bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishidan vafot etdi. Vafot etgan koronavirus bemorlari soni 16 kishiga yetdi.

Yana 46 kishida koronavirus aniqlandi (jami — 3815)
3 iyun 2020, 17:37

Yana 46 kishida koronavirus aniqlandi (jami — 3815)

Koronavirus holatlari 46 taga ko‘payib, jami 3815 taga yetdi. Yangi aniqlangan holatlarning 45 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida va qolgan 1 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlandi. Hozirgacha kun davomida 54 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 3000 nafardan oshdi
3 iyun 2020, 17:09

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 3000 nafardan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni jami 3014 nafar kishiga yetdi. Tuzalganlarning 43 nafari Toshkentdagi uchta tibbiyot maskanlaridan, 42 nafari Navoiy viloyatidan va 10 nafari esa Samarqanddan. Kun davomida tuzalganlarning soni 95 kishiga yetdi.

“Qishloq xo‘jaligi Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun ustuvor ahamiyatga ega”
3 iyun 2020, 13:29

“Qishloq xo‘jaligi Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun ustuvor ahamiyatga ega”

Jahon banki qishloq xo‘jaligi COVID-19 pandemiyasi davrida Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiyotini barqarorlashtirishga qodir deb hisoblaydi. Pandemiya sababli oziq-ovqat xavfsizligi sohasida qanday muammolar yuzaga kelishi va qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash uchun nimalarga e’tibor berish kerakligi to‘g‘risida JBning qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yetakchi iqtisodchisi Sergiy Zorya xulosalari.

Koronavirus bemorlari soni 3769 nafarga yetdi
3 iyun 2020, 10:03

Koronavirus bemorlari soni 3769 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 9 nafarga ortib, jami 3769 kishini tashkil etmoqda. Yangi kasallanganlarning 7 nafari Toshkent viloyatida va 2 nafari Sirdaryo viloyatida aniqlangan.

Kun davomida 58 kishida koronavirus aniqlandi
2 iyun 2020, 23:33

Kun davomida 58 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda kun davomida 58 kishida koronavirus infeksiyasi tasdig‘ini topdi va jami holatlar 3760 taga yetdi. Aholi orasidagi holatlar Toshkent shahri va Buxoro viloyatida aniqlandi. 2 bemorning ahvoli o‘ta og‘ir.

Koronavirus holatlari 32 taga ko‘paydi (jami — 3750)
2 iyun 2020, 17:39

Koronavirus holatlari 32 taga ko‘paydi (jami — 3750)

O‘zbekistonda koronavirus holatlari 32 taga ko‘payib, jami 3750 taga yetdi. Kun davomida 48 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

Buxoroning ikki tumanida karantin cheklovlari qat’iylashdi
2 iyun 2020, 10:29

Buxoroning ikki tumanida karantin cheklovlari qat’iylashdi

2 iyundan Buxoro viloyatidagi Shofirkon hamda G‘ijduvon tumanlarida shaxsiy avtotransport vositalari maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishi to‘xtatildi. Buxoro shahri hududiga boshqa shahar va tumanlardan stikersiz faqatgina kunning muayyan vaqtida kirib-chiqishga ruxsat berildi. Viloyatda yo‘nalishsiz taksi faoliyatida yo‘lovchi tashish uchun ruxsat beriladi.

Koronavirus bemorlari soni 3718 nafarga yetdi
2 iyun 2020, 10:14

Koronavirus bemorlari soni 3718 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 16 nafarga ortib, jami 3718 kishini tashkil etmoqda. Yangi kasallanganlarning 12 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida va 2 nafari yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan. Shuningdek, Toshkent shahri aholisi orasida 2 ta holat qayd etilgan.

Yaponiya O‘zbekistonga koronavirusga qarshi choralar uchun $1,9 mln ajratmoqda
1 iyun 2020, 21:39

Yaponiya O‘zbekistonga koronavirusga qarshi choralar uchun $1,9 mln ajratmoqda

Yaponiya hukumati O‘zbekistonga koronavirusga qarshi tezkor javob choralarini ko‘rishi uchun 1,9 mln dollar ajratmoqda.

Samolyot va poyezdlarda koronavirusdan saqlanish choralari
1 iyun 2020, 17:21

Samolyot va poyezdlarda koronavirusdan saqlanish choralari

Koronavirus pandemiyasi sharoitida safarga chiqadiganlar nimalarga e’tibor berishi lozim? «Gazeta.uz» samolyot va poyezd yo‘lovchilari uchun qo‘shimcha ehtiyot choralarini tavsiya etadi.

Koronavirus holatlari 11 taga ko‘paydi (jami — 3673)
1 iyun 2020, 17:16

Koronavirus holatlari 11 taga ko‘paydi (jami — 3673)

O‘zbekistonda koronavirus holatlari 11 taga ko‘payib, jami 3673 taga yetdi. Yangi aniqlangan holatlar aholi orasida 5 nafar, karantin markazidagilar 4 nafar va qolgan 2 nafari esa xalqaro yuk tashuvchilar orasida aniqlandi. Hozirgacha kun davomida 50 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

Armaniston bosh vazirida koronavirus aniqlandi
1 iyun 2020, 12:19

Armaniston bosh vazirida koronavirus aniqlandi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanda va uning oila a’zolarida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ta’kidlanishicha, u muzokaralar davomida xizmat ko‘rsatayotgan ofitsiantdan COVID-19 bilan zararlangan. Davolanish paytida bosh vazir o‘z uyidan turib ishlashni davom ettirishini ma’lum qilgan.

Koronavirus bemorlari soni 3662 nafarga yetdi
1 iyun 2020, 10:14

Koronavirus bemorlari soni 3662 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 39 nafarga ortib, jami 3662 kishini tashkil etmoqda. Yangi kasallanganlarning 24 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan. Shuningdek, infeksiyaga chalinganlar Toshkent shahrida (10), Sirdaryo viloyatida (2), Toshkent viloyatida (2) va Namangan viloyatida (1) qayd etilgan.

Samarqandda stikersiz harakatlanishga ruxsat berildi
1 iyun 2020, 10:00

Samarqandda stikersiz harakatlanishga ruxsat berildi

1 iyundan boshlab Samarqand viloyatidagi “qizil” hududlarda, shu jumladan Samarqand shahrida ham avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishiga ruxsat berildi. Bunda, avtotransport vositalari faqatgina kunning muayyan vaqtida (07:00 dan — 10:00 gacha, 17:00 dan — 20:00 gacha) harakatlanishi ko‘zda tutilgan.

Yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi (jami — 15)
31 may 2020, 17:55

Yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi (jami — 15)

Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor o‘pka — yurak yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 infeksiyasidan vafot etganlar soni 15 nafarga yetdi.

Kitob tumani hududi karantinga olindi
31 may 2020, 12:58

Kitob tumani hududi karantinga olindi

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida koronavirusda gumonlanayotgan shaxs ko‘plab bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani uchun tuman hududi to‘liq karantinga olindi.

Eng ko‘p o‘qilgan xabarlar | So‘nggi yangiliklar


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting