3 iyun kuni soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3815 nafarni tashkil etmoqda, deya ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 45 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan, 1 nafari esa Andijon viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi.

Hozirigi paytga qadar kun davomida mamlakatda 54 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

Ayni paytda mamlakatda 3014 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.