Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, 15 iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda umumiy ovqatlanish obyektlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va buyum bozorlari faoliyatiga muayyan shartlar асосидаruxsat berilmoqda.

Umumiy ovqatlanish obyektlari faoliyatini tashkil etishga qo‘yiladigan asosiy talablar sifatida quyidagilar belgilab qo‘yildi:

  • banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik;
  • faoliyatini 8:00 dan 23:00 ga qadar tashkil etish;
  • stollar oralig‘idagi 2 metrdan kam bo‘lmagan ijtimoiy masofani ta’minlash;
  • bir stol atrofida 4 kishidan ko‘p bo‘lmagan (10 kishidan ko‘p bo‘lmagan bir oila a’zolari bundan mustasno) mijozlarni joylashtirish;
  • xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi;
  • har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash;

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida esa mashg‘ulotlarni 15 kishidan ortiq bo‘lmagan guruhlarda tashkil etish, binolarini doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak"lar bilan jihozlash, xodimlar tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi va ijtimoiy masofani saqlashi; tana harorati 37 C va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodim va tarbiyalanuvchilarning mashg‘ulotlarga kiritmaslik choralarini ko‘rish talab etiladi.

Buyum bozorlari ham yuqoridagi talablarga asosan dezinfeksiya qilinishi va keraklik vositalar bilan jihozlanishi, sotuvchilar va xaridorlar tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi, va tana harorati 37 C va undan yuqori bo‘lgan, infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan va tibbiy niqobsiz fuqarolarni buyum bozorlari hududiga kiritmaslik choralarini ko‘rish talab etiladi.

Bundan tashqari karantin davrida muddati tugaydigan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga tegishli malaka toifasi berilganligi to‘g‘risidagi sertifikatlarning amal qilish muddati 1 oktyabrga qadar uzaytirildi.

Bunda, “qizil” hududlarda ushbu faoliyat turlari tiklanishiga ruxsat berilmaydi, hamda barcha hududlar uchun qator karantin choralari saqlanib qoladi.