O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 3014 nfarga yetdi, deya Sog‘liqni saqlash vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 3 iyun kuni Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasidan 29 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 9 nafar, 3-sonli tug‘ruq majmuasidan 5 nafar. Shuningdek, Navoiy viloyatida 42 nafar va Samarqandda 10 nafar bemor sog‘ayib, jami kun davomida 95 nafar bemor dardiga shifo topdi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

M️a'lumotga ko‘ra, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan sog‘ayganlarning 6 nafari Namangan viloyatidan, 5 nafari Toshkent shahridan, 3 nafari Samarqand viloyatidan, Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridan 4 nafardan, Farg‘ona, Andijon va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlarning 25 nafari erkak, 4 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 61 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 4 yoshda.

️Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 4 nafari Xorazm viloyatidan, 3 nafari Samarqand viloyatidan, Qoraqalpog‘iston Rspublikasi va Qashqadaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlarning 4 nafari erkak, 5 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 50 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 13 yoshda.

️3-sonli tug‘ruq majmuasida tuzalganlarning 4 nafari Samarqand viloyatidan bo‘lib, ona va bola (homilador ona 25 yoshda va bolasi 4 yoshda) hamda 2 nafar homilador ayol. Qolgan 1 nafari (27 yoshli ayol) esa Xorazm viloyatidan.

Navoiy viloyatida tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdanligi ma’lum qilinmoqda va (32 nafari Zarafshon shahridan, 4 nafari Xatirchi tumanidan, 3 nafari Tomdi tumanidan, 2 nafari Konimex tumanidan, 1 nafari esa Navoiy shahridan) bo‘lib, 26 nafari erkak, 16 nafari ayol. Ularning yoshi kattasi 71 yoshli onaxon, yoshi kichigi 2018 yil tug‘ilgan.

Samarqand viloyatida ham sog‘ayganlarning barchasi ushbu viloyatdan. Ularning 4 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 62 yoshda, yoshi kichigi 16 yoshda.

Ayni paytga qadar Respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 3014 nafarga yetdi.