15 iyundan boshlab “sariq” va “yashil” hududlar o‘rtasida avtobuslar qatnoviga ruxsat beriladi, deya xabar bermoqda Koronavirus Info rasmiy Telegram kanali.

Ma’lumotga ko‘ra, bunda tashuvchilar faoliyati quyidagi talablardan kelib chiqqan holda tashkil etiladi:

  • transport vositasini yakuniy yo‘nalish nuqtasida dezinfeksiya qilish;
  • avtobus saloniga faqatgina tibbiy niqoblardagi yo‘lovchilarni kiritish;
  • haydovchilarni tibbiy qo‘lqop va tibbiy niqoblar bilan ta’minlash hamda ularning muntazam ravishda o‘z vaqtida almashtirib borilishi choralarini ko‘rish.

Lekin, hududlarda jamoat transporti harakatiga ruxsat berilmaydi.

Oldinroq, 5 iyundan boshlab “sariq” va “yashil” hududlarda qator faoliyat turlariga ruxsat berilishi haqida ma’lumot bergan edik. Bundan tashqari, 15 iyundan boshlab boshqa bir guruh faoliyati turlariga ham ruxsat beriladi.