Seshanba kuni O‘zbekistonda jami 58 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 3760 taga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, infeksiya tasdiqlangan bemorlarning 40 nafari karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida, 10 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 4 nafari Toshkent shahrida va yana 4 nafari Buxoro viloyatida aholi orasida aniqlangan.

Shuningdek, bugun 49 nafar fuqaro sog‘aydi. Shundan 7 nafari Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida sog‘ayib chiqishdi. Navoiy viloyatida bir yo‘la 42 nafar bemor tuzaldi va jami sog‘ayganlar 54 nafarga yetib, davolanayotgan bemorlar 110 nafarni tashkil etmoqda.

️Hozirda kasallik qayd etilgan jami 3760 nafar bemordan 2908 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 77 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 837 nafar bemordan 10 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.