Koronavirus bemori o‘pka-yurak yetishmovchiligi, bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishidan vafot etdi, deya xabar бермоқdaСоғлиқни saqlash vazirligi axborot xizmati.

Toshkentlik M. da 2 iyun kuni “Covid-19” aniqlanib, Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan. 72 yoshli (erkak) bemor uzoq yillardan buyon yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kasalligi, qandli diabetning ikkinchi turi tashxisi bilan davolanib kelgan. Bemor 2000 va 2019 yillarda ikki marta miokard infarktini o‘tkazgan.

Bemorning davolanishi davomidagi kunlik ahvoli mamlakatimizdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining nufuzli mutaxassislari nazoratida bo‘lgan.

Biroq mutaxassislarning belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan jonlantirish bo‘limida sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan bemor o‘pka-yurak yetishmovchiligi, bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishidan vafot etdi.

Vafot etgan koronavirus bemorlari soni 16 kishiga yetdi.