1 iyun kuni soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3673 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi aniqlangan kasallanish holatlarining 7 nafari Toshkent shahrida (ularning 3 nafari aholi, 4 nafari esa statsionar karantindagi fuqarolar orasi) qayd etilgan bo‘lsa, 1 nafardan Toshkent va Sirdaryo viloyatida aholi orasidan, 2 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlandi.

Hozirigi paytga qadar kun davomida mamlakatda 50 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

Ayni paytda mamlakatda 2859 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan. Bunda, 1 iyun kuni Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 3 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 7 nafar, Samarqand viloyatida 11 nafar hamda Andijon viloyatida 1 nafar, jami 22 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.