2 iyun kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3718 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 12 nafari Karantin марказидаги (barchasi Qozog‘iston orqali yurtimizga kirib kelgan) fuqarolar orasida, 2 nafari Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi aholi orasida, qolgan 2 nafari Namangan va Toshkent viloyatlariga xorijdan kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan.

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov so‘zlariga ko‘ra, hozirda Respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 810 kishi davolanmoqda. Ulardan 9 nafar bemor og‘ir, 2 nafar bemor esa o‘ta og‘ir ahvolda, deb baholanmoqda.

Koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni hozirda 2859 kishini tashkil etmoqda. O‘n besh kishi hayotdan ko‘z yumgan. Ayni paytda 46 mingdan ortiq fuqaro karantin muddatlarini o‘tmoqdaligi ma’lum bo‘ldi.