1 iyun kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3662 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 24 nafari Karantin markazidagi (Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg va Qozon shaharlari hamda Qozog‘iston Respublikasidan kelgan) fuqarolar orasida, 10 nafari Toshkent shahrida (shundan 4 nafari aholi orasida), 1 nafari Namangan viloyatida karantinda bo‘lgan fuqarolar orasida, 2 nafari Sirdaryo вилоятига, yana 2 nafari esa Rossiyadan Toshkent вилоятига chegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan.

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov so‘zlariga ko‘ra, hozirda Respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 810 kishi davolanmoqda. Ulardan 8 nafar bemor og‘ir, 1 nafar bemor esa o‘ta og‘ir ahvolda, deb baholanmoqda.

Koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni hozirda 2837 kishini tashkil etmoqda. O‘n besh kishi hayotdan ko‘z yumgan.