Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 1 738 830 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Emlanganlar orasida 499 094 nafar fuqaro vaksinaning 2-dozasini ham qabul qilgan.

26 mayda O‘zbekiston bo‘ylab 55 714 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 27 139 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 28 575 nafarni tashkil qildi.

So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 280 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 26 may holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 99 344 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 269 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 94952 nafarga yetdi. Buning natijasida, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda, so‘nggi kun ichida 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgan bo‘lib, kasallikdan vafot etganlar soni 685 nafarni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3707 nafar bemor davolanmoqda.